background
logotype

Ne’mat Aminov 1937 yil 17 iyulda Buxoro viloyatining Romitan tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1992). Buxoro pedagogiga institutining tarix-filologiya fakultetini tugatgan (1959). Birinchi hajviy hikoyalar to‘plami — «Ikki pullik obro‘» (1966). So‘ng «Qirq uchinchi pochcha» (1970), «Labihovuz xandalari» (1973), «Chinorlar qo‘shig‘i» (1984), «Yelkasiz polvon» (1986), «O‘g‘ri mushukcha» (1987), «Qahqaha» (1987), «Yallama-yorim» (1988), «Cholbolaning ertaklari» (1990) va boshqa hajviy to‘plamlari nashr etilgan. 1976—83 yillarda «Yelvizak» va «Suvarak» qissalari asosida «Yolg‘onchi farishtalar yoxud yelvizakfe’l va suvarakmijoz Bashirjon Zaynishev hayotidan» hajviy romanini yozgan. «Bir asr hikoyati» (1996) asari ham bor.
Yozuvchi 2005 yil 18 oktyabrda Toshkent shahrida vafot etgan.
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).

Фильтр
Кол-во строк: 
Ne’mat Aminov. Tug’ilgan kunim qani? (hikoya)
Ne’mat Aminov. Qassob boboning iti (hajviya)
Ne'mat Aminov. Yolg'onchi farishtalar (roman)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.