background
logotype

Asal Yo'ldosheva

Asl ismi Odina. Namangan viloyati Uychi tumanida 1989-yilda tavallud topgan. 36-sonli o'rta maktabni so'ng Uychi sanoat kollejini tugatib, hozirda Namangan Davlat Universitetida O'zbek va rus tillari fakulteti, O'zbek tili yo'nalishida tahsil oladi. Email: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.


KECHOLMADIM

Ostonadan hatlolmay hanuz,
Mehrim turar qarog'lari sim.
Yurakkinam titradi yuz-yuz,
Kecholmadim sizdan azizim.

O'zga yorda baxtingiz kulgan,
Ul hasaddan ko'nglim olov-tim.
Qaro ko'ngil tirikmi?
O'lgan...
Aytolmadim sizga azizim.

Tuyg'ularim o'tlarga ko'mdim,
Kul bag'rida o'rtanmoqda jim.
Yarim-yorti baxtimni butlab,
Berolmadim sizga azizim.

Qo'llar-ku yot, begona nigoh,
Eslolmaysiz hatto bir so'zim.
Qismat buncha alamlaydi oh,
Yetolmadim sizga azizim.

Osmonlarga yukindim bu kun,
Oq ro'yoda ketmoqda izim.
Bahtli bo'ling...
Baxtda lim to'ling!
Shivirlayman bu so'nggi so'zim.

Baxtli bo'ling...
Baxtda lim to'ling...
Sizdan araz etgan hur uchun...

Yasholmadim sizsiz azizim...


SARSONA RUH


Ko'zlarimda sarg'aydi dunyo,
Ro'yolarga bog'lanib ketdim.
Olisdaman  hamon men go'yo,
O'zimni na  tushunib yetdim.

Tun kaftida telbaman, bedor,
Bir iztirob bag'rimga o'qdir.
Ne darkordir, ne o'zi menga?!
Dilginamga bir panoh yo'qdir.

Meningsiz ham baxtlidir yorim,
Ul shodlikda, shodlik qo'ynida.
Uzilmoqda dunyodan haqqim,
Balki ketmoq jonim bo'ynida.

Anglolmadim kimman men o'zi,
Oniy umrim sochmoqda armon.
Oppoq oyga aylanib  bir kun,
Dardlarimga topgayman darmon.

Ko'zlarimda sarg'aydi dunyo,
Ro'yolarga bog'lanib ketdim.
Olisdaman hamon  men go'yo,
O'z-o'zimni tushunmay ketdim...


DO'ST

Sen do'stmisan!
Qandayin do'stsan?
Dil bayotim yovga sotguvchi.
Hiyonatda allalab  meni,
Qadrlarim o'tga otguvchi.

Kechagina qanchalar shodon,
Bir mayizni teng bo'lib yerdik.
Hayotning goh og'riq yo'lida,
Baht izlabon, sabrni  terdik.

Nigohlarda  hiyonat  nozi,
Yurak yetar yolg'onni totma!  
Do'stim qadrim pulla,men rozi
Lek do'stlikni hurmatin sotma!

Sen shundaysan,
Shundaysan hamon.
Sirim olib, zimdan sotguvchi.
So'ng ko'zimga mehrla boqib,
Yolg'iz ko'nglim ko'nglin topguvchi...


YOR-YOR

Tun qo'ynida miltillagan bir hayolman yor-yor,
Keng ko'nglingiz ko'chasiga oh malolman yor-yor.
Ul dilsizda bog'lagan dil, vayronaman yor-yor,
Begim qalbsiz qalbingizga armonaman yor-yor.
Dil tubida yuz ocholmas dardingizman yor-yor,
Baxtga sizni ravo ko'rgan mardingizman yor-yor.
Izsiz ohim dunyo tutar, xanuz kuylar yor-yor,
Bir kun egam balki sizni ishqdan siylar yor-yor


G'OLIBSAN...

Sen g'olibsan, oshig'ing olchi,
Tol'e senga kulgaydir doim.
Aro yo'lda, men bir yo'lovchi,
Alam  meni  nechun yo'qlovchi?!

Senga hayot nurafshon  yanglig',
G'am ismini bilmaysan  hayhot.
Men g'aribga iztiroblar  tig',
Omad isi  nechun menga  yot.

Alloh meni dard ila siylab,
Sinamoqda sabotimni ho'p.
Senga hayot  doimo  yuksiz,
Baxt yulduzing falakdadir ko'p.

Tol'esizman, kulgaysan doim,
Balki meni baxtsizlik qiynar.
Lek suyganin doim hudoyim,
G'amda sinab,so'ng esa siylar.


YETAR...

Jonim baxtli bo'lsangiz yetar,
Ortiq narsa darkormi menga.
Shod bo'ling siz armonsiz ketay,
Toki dunyo ko'rinsin kengga.

Asl baxtdir kulgularingiz,
Ohlanmayman allohga bir-bor.
Quvonsangiz shodlikka to'ldim,
Hijronlardan cheksamda ozor.

Aziz qanday qarog'laringiz,
Tumor mehrin ilinmas nigoh.
Unut etdim yarolaringiz,
Araz qo'lin tutmog'im gunoh.

Zabon ojiz,ta'malar etmoq,
Jonim baxtli bo'lsangiz yetar.
Umrim ahir siz birla porloq,
Yodingiz-la qaro kunim oq.

Faqat baxtli bo'lsangiz yetar,
Bir notovon armonsiz ketar...


KETING

Keting...
Ortiq dilginamni bezovta qilmang,
Sizni eslamoqlik ko'nglimga og'riq.
Telbavor umidni hasratin ilmang,
Ayanchli ishqimiz, ayanchli bo'g'riq.
Sog'inch tillarini g'ururda kesdim,
So'z beray,ismingiz so'rolmas butkul.
Qaylarda men telba, qaylarda esdim
Qismatda nechun siz???
Yo bari mushkul...
Mehmon qilolmadim hiyonat kelgach,
Mum tishlab og'usin yuta olmadim.
Ul hato taomi bo'g'zimda bilgach,
Vido aytishdan o'zni tuta olmadim.

Hayr olis mengga, alvido aytgum,
Vafosiz nigohlar qaytishmas bo'lsin...
Keting...
Ortiq yuragimni bezova qilmang!


BIR KUN...

Nigohimda botmaydi quyosh,
Kiprigimga o'ralmas al yosh.
Kutmas endi hiyonat meni,
O kutmaydi begona ishqdosh.

Qachonlardir kechikib ketdim,
Mo'ralaysiz oqshomga asta,
Men o'shanda oylarga unsiz,
Aylanaman, bardoshim hasta.

Qachonlardir kechikib ketdim,
Chekmang afsus ozoringizga.
Ahir siz deb Allohga yetdim,
Va shu ozor-la gunohkor o'tdim...

Qachonlardir kechikdim...
Ketdim...


NIGOHIMIZ SEVAR...

Nigohimiz sevar bir-birin,
To'qnash kelsa chaqnaydi olov.
Anglab yetmam shu jumboq sirin,
Ko'zlar yoniq, hislarda chorlov.
Ishq degani shumidi bilmam,
Nigohlarda bir sirni ko'rdim.
Yurakkinam cho'g'landi tamom,
Shu sehr deb borimni berdim.

Nigohimiz sevar bir-birin... 


MEHR HISI...

Gumonlarga berkingan nigoh,
Yurakkinam to'zg'itar shu oh.
Qayerlarda arazlar ishqim,
O'kinchlarga yon berib nogoh.

So'roqlangan nigohlar unsiz,
Ishq osmonim qoraydi kunsiz.
Mehr hisi yo'q ekan sizda,
Mayli yashang bir umr mensiz.

Ich-ichimda kezmoqda armon,
Sog'inch sizni suygaydir yomon.
Qaysar ko'ngil bevafo,ahdsiz,
Intilmoqda hamon siz tomon.

Kecholmayman ne uchun sizdan,
Ishq yo'lida nelarni yutdim.
Bir beqaror dilginam o'ylab,
Sizdan kaftdek mehrni kutdim.

Mehr hisi  topilmas  sizda...


BAHORSIZ UMR 

Kuylar qushlar ko'z ochmay azon,
Iliq taftdan zamindir sarhush.
Atrof ko'klam, bag'rimda hazon,
Umrim kechar  halovatsiz tush.
Bahor - quyosh bu olam gulgun,
Telba majnun boshida chambar.
Kel bahorim, iqbolim bo'lgin,
Baht iforin tarat, bo'y anbar.
Hamon o'ksik rutubat kunlar,
Borliq chaman quchog'imda kuz.
Orom bermas qizg'anchiq tunlar,
Bahorim kel, kuzak g'amni buz.
Barg kokilin o'ynaydi shamol,
Yosh to'kmoqda yomg'ir doyasi.
Ming urindim netay ko'nglimdan,
Ketolmas hech kuzning soyasi.


AYRO ETMA...

Dunyo nechun yaralding g'amdan,
Qarog'ingda chaqnar malomat.
O'n besh kuning yig'lar alamdan,
Topolmay hech sendan halovat.
Dunyo nechun g'amdan yaralding,
G'am beshigi ko'ksingda jo mi?
Nechuk abad qaro taralding,
Baxt deganing yo'qsiz daryomi?
Dunyo nechun yaralding g'amdan,
So'niktirding dard otli shamdan.
Baxt ilinma sho'rlik qizingga,
Faqat ayro etma  onamdan.

Ayro etma yolg'iz onamdan...


MAG'RURSIZ

Nigoron ul ko'zlar bilaman,
Osmondek yiroqsiz,mag'rursiz.
So'z aytmay qalbingiz tilaman,
Osuda ishqimdan masrursiz.

Yurakni aldaysiz ovutib,
Azoblab sevgimdan sovutib.
Intiqib  kutasiz diydorni,
Ko'nglingiz hijronga qavitib.

Kelmaysiz sevgimiz so'roqlab,
Ahir siz mag'rursiz qoyadek.
G'ururni bag'rini quchoqlab,
Yashaysiz bir umr soyadek.

Balki men sevishni bilmadim,
Qo'l siltab baridan tonarman.
Aslida termulib umidvor,
To abad sizni deb qolarman.  


ORZU...

Kulay bugun mayli armonsiz,
Yov ko'ksiga  hasad tuydirib.
Toki kulgum  ulansin  ipsiz,
Hissiz dunyo jonga suydirib.
Yolg'izligim unutib bu kun,
Nim shodligim falakda yursin 
Imkon izlab orzuim  bu tun.
Ko'z yoshisiz naq porlab tursin.
Tabassumim  shirin  ifori,
Ishqingizni qitiqlay olsin.
G'ururidan qochib shu kecha.
Dilginamga harorat solsin.  


ZAMONAMIZ YIGITLARI

Bu zamonning Alpomishlari,
Ma'ruzada hurrak otishar.
Yarim tunda  bazm-u jamshidda,
Sog'liq tilab, sharob totishar.

Sevgisiga "sodiq" Tohirlar,
Birni emas ko'zlashar ko'pni.
Zuhro ko'zin shamg'alat aylab,
O'zga yorga tashlashar cho'pni.

Navoiyning oqil farzandi,
Kitob desa boshni qashishar.
Qizlar bilan uchrashuv bo'lsa,
Hatto darsni tashlab shoshishar.

O'zbegimning "Farhod"lariga,
Goho hayron bo'lib qolasan.
"Mini" kiygan  Barchinoylarga,
Til aylanmay o'yga tolasan.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.