background
logotype

Dunyoning eng boy kishilari - Forbes 2008

13 yillik birinchilikdan so’ng Microsoft korporatsiyasi rahbari Bill Geyts endi dunyoning eng boy kishisi emas. Geytsning o’rnini uning do’sti va ko’p yillik hamkori Uorren Baffet egalladi. Berkshire Hathaway kompaniyasi sohibi Baffetning aksiyalari qiymati 25% ga o’sganligi sabab uning mablag’i 10 milliardga oshib, 62 milliard $ga yetgan. 

Forbes jurnalining 2008 yil (06.03.2008) natijalariga ko’ra, o’tgan yilning eng boy kishisi Bill Geyts reytingning 3-pog’onasidan (58 mlrd $) o’rin olgan. Bunga sabab Microsoft kompaniyasining Yahoo! Portalini sotib olish haqidagi taklifidan so’ng uning aksiyalari qiymati tushib ketganligidir.  

Meksikalik telekommunikatsiya magnati Karlos Slim Helu 60 milliard $ mablag’ bilan dunyoning eng boy ikkinchi kishisiga aylandi. U o’tgan yilda o’z kapitalini 11 mlrd$ ga ko’paytirishga erishgan. 

“Eng-eng”lar ro’yxatida keyingi o’rinlarni hindistonlik metal magnati Lakshmi Mittal (4-o’rin, 45 mlrd $), aka-uka hind tadbirkorlari Mukesh va Anil Ambani (5-6-o’rinlar, 43 va 42 mlrd $), Ikea do’konlar tarmog’i asoschisi Ingvar Kamprad (7-o’rin, 31 mlrd $), Hindistondagi eng yirik ko’chmas mulk kompaniyalaridan biri sohibi Kushal Pal Singh (8-o’rin, 30 mlrd $), Rossiyaning “Bazoviy element” xoldingi rahbari Oleg Deripaska (9-o’rin, 28 mlrd $) va “Aldi” supermarketlari tarmog’i hamrahbari Karl Albrext (10-o’rin, 27 mlrd $) egallagan.

2007 yil natijalariga ko’ra, milliarderlar salmog’i rekord natijaga yetdi: hozirda sayyoramizda mablag’i 1 milliard $ dan oshgan 1125 nafar boy yashaydi. Birinchi marta jahon millarderlari salmog’i 1000 dan oshdi. 2006 yilda jahonda 946 nafar milliarder borligi qayd etilgan edi. Dunyoning eng boy kishilari o’rtacha mablag’i 3,9 milliardni tashkil etdi. Bu o’tgan yilgidan 250 million ko’p demakdir.

Milliarderlarning o’rtacha yoshi 61 dir. Barcha milliarderlarning umumiy mablag’i 4,4 trln $ ni tashkil etgani holda, birinchi o’nlikka kirgan boylarning umumiy kapitali 426 mlrd $dir.

Ta’kidlash joizki, 2008 yil ro’yxatiga kirgan milliarderlarning 3/2 qismi (67%) mablag’larini o’zlari ishlab topganlar, ularga bu kapital oilaviy meros bo’lib o’tmagan. Reytingga 99 ta ayol-milliarderlar kiritilgan bo’lib, ular orasida Moskva merining xotini Yelena Baturina ham bor (253-o’rin, 4,2 mlrd $). 

2007 yil natijalariga ko’ra, 40 yoshgacha bo’lgan millirderlar soni ham rekord darajasiga chiqdi va 50 nafarni tashkil etdi. Ular orasida eng yosh milliarder Facebook internet tarmog’i asoschisi, amerikalik Mark Zakerbergdir. 23 yoshida uning mablag’i 1,5 mlrd$ ni tashkil etmoqda. Eng yosh milliarderlar ichida yana germaniyalik Albert von Turn (24 yoshda, 2,3 mlrd $), livanlik Hind Haririy (24 yoshda, 1,1 mlrd $), xitoylik Yang Xuiyan (26 yoshda, 7,4 mlrd $), livanlik Fahd Haririy (27 yoshda, 2,3 mlrd $), saudiyalik Aymin Haririy (27 yoshda, 2,3 mlrd $)lar hali 30 yoshga yetmagan bo’lsalar-da eng boylar ro’yxatidan munosib joy olishga erishganlar.

Milliarderlari eng ko’p davlatlar ro’yxatini hamon AQSh (469 ta) boshqarib kelmoqda. Ikkinchi o’rinni Germaniyani ortda qoldirib, Rossiya egallab oldi. 2007 yil natijalariga ko’ra Rossiyada 87 nafar dollar millliarderlari mavjud. Faqatgina shu yilning o’zida Rossiyalik milliarderlari soni 32 nafarga oshgan. Uchinchi o’rinda – Germaniya, 59 nafar nemis fuqarolari Forbes ro’yxatiga kirganlar.

Eng boy yigirmatalikka Rossiyadan Oleg Doripaskadan tashqari yana 3 nafar rossiyalik kirgan: tadbirkor va Chukotka gubernatori Roman Abramovich (23,5 mlrd $, 15-o’rin), “Severstal” kompaniyasi rahbari Aleksey Mordashev (21,2 mlrd $, 18-o’rin), “Alfa Bank” rahbari Mixail Fridman (20,8 mlrd $, 20-o’rin). 

Milliarderlar eng ko’p yashaydigan shaharlar ro’yxatining 1-pog’onasiga Moskva chiqib oldi. Hozirda Rossiya poytaxtida 74 nafar millirder yashaydi. Ikkinchi o’rinda: Nyu-York, shaharda 71 nafar millirder istiqomat qiladi. Buyuk Britaniya poytaxti Londondan esa 36 nafar milliarder “boshpana” topgan.     

    
Dunyoning eng boy kishilari - Forbes 2008

N Ismi Fuqaroligi Yoshi Mablag'i (mlrd $) Yashash joyi
1 Warren Buffett United States 77 62.0 United States
2 Carlos Slim Helu & family Mexico 68 60.0 Mexico
3 William Gates III United States 52 58.0 United States
4 Lakshmi Mittal India 57 45.0 United Kingdom
5 Mukesh Ambani India 50 43.0 India
6 Anil Ambani India 48 42.0 India
7 Ingvar Kamprad & family Sweden 81 31.0 Switzerland
8 KP Singh India 76 30.0 India
9 Oleg Deripaska Russia 40 28.0 Russia
10 Karl Albrecht Germany 88 27.0 Germany
11 Li Ka-shing Hong Kong 79 26.5 Hong Kong
12 Sheldon Adelson United States 74 26.0 United States
13 Bernard Arnault France 59 25.5 France
14 Lawrence Ellison United States 63 25.0 United States
15 Roman Abramovich Russia 41 23.5 Russia
16 Theo Albrecht Germany 85 23.0 Germany
17 Liliane Bettencourt France 85 22.9 France
18 Alexei Mordashov Russia 42 21.2 Russia
19 Prince Alwaleed Bin Talal Alsaud Saudi Arabia 51 21.0 Saudi Arabia
20 Mikhail Fridman Russia 43 20.8 Russia
21 Vladimir Lisin Russia 51 20.3 Russia
22 Amancio Ortega Spain 72 20.2 Spain
23 Raymond, Thomas & Walter Kwok Hong Kong NA 19.9 Hong Kong
24 Mikhail Prokhorov Russia 42 19.5 Russia
25 Vladimir Potanin Russia 47 19.3 Russia
26 Christy Walton & family United States 53 19.2 United States
26 Jim Walton United States 60 19.2 United States
26 S Robson Walton United States 64 19.2 United States
29 Lee Shau Kee Hong Kong 80 19.0 Hong Kong
29 Alice Walton United States 58 19.0 United States
31 David Thomson & family Canada 50 18.9 Canada
32 Sergey Brin United States 34 18.7 United States
33 Larry Page United States 35 18.6 United States
34 Michael Otto & family Germany 64 18.2 Germany
35 Stefan Persson Sweden 60 17.7 Sweden
36 Suleiman Kerimov Russia 42 17.5 Russia
37 Charles Koch United States 72 17.0 United States
37 David Koch United States 67 17.0 United States
39 Francois Pinault & family France 71 16.9 France
40 Michael Dell United States 43 16.4 United States
41 Paul Allen United States 55 16.0 United States
41 Kirk Kerkorian United States 90 16.0 United States
43 Steven Ballmer United States 52 15.0 United States
43 Abigail Johnson United States 46 15.0 United States
43 Shashi & Ravi Ruia India NA 15.0 India
46 Nasser Al-Kharafi & family Kuwait 64 14.0 Kuwait
46 Gerald Cavendish Grosvenor & family United Kingdom 56 14.0 United Kingdom
46 Carl Icahn United States 72 14.0 United States
46 Forrest Mars Jr United States 76 14.0 United States
46 Jacqueline Mars United States 68 14.0 United States
46 John Mars United States 71 14.0 United States
46 Birgit Rausing & family Sweden 84 14.0 Switzerland
46 Jack Taylor & family United States 85 14.0 United States
54 German Khan Russia 46 13.9 Russia
55 Susanne Klatten Germany 45 13.2 Germany
56 Vagit Alekperov Russia 57 13.0 Russia
56 Donald Bren United States 75 13.0 United States
58 Alain & Gerard Wertheimer France NA 12.9 United States
59 Dmitry Rybolovlev Russia 41 12.8 Russia
60 Azim Premji India 62 12.7 India
60 Naguib Sawiris Egypt 53 12.7 Egypt
62 Anne Cox Chambers United States 88 12.6 United States
63 Iskander Makhmudov Russia 44 11.9 Russia
64 Sunil Mittal & family India 50 11.8 India
65 Alexander Abramov Russia 49 11.5 Russia
65 Michael Bloomberg United States 66 11.5 United States
67 Viktor Vekselberg Russia 50 11.2 Russia
68 Michele Ferrero & family Italy 81 11.0 Monaco
68 George Kaiser United States 65 11.0 United States
68 Spiro Latsis & family Greece 61 11.0 Switzerland
68 Nassef Sawiris Egypt 46 11.0 Egypt
72 Alexei Kuzmichev Russia 45 10.8 Russia
73 Philip Knight United States 70 10.4 United States
73 Viktor Rashnikov Russia 59 10.4 Russia
75 Ernesto Bertarelli Switzerland 42 10.3 Switzerland
76 Kumar Birla India 40 10.2 India
77 Leonardo Del Vecchio Italy 72 10.0 Italy
77 Antonio Ermirio de Moraes & family Brazil 79 10.0 Brazil
77 Iris Fontbona & family Chile NA 10.0 Chile
77 Edward Johnson III United States 77 10.0 United States
77 Hans Rausing Sweden 82 10.0 United Kingdom
77 Vladimir Yevtushenkov Russia 59 10.0 Russia
77 Igor Zyuzin Russia 47 10.0 Russia
84 Serge Dassault & family France 82 9.9 France
85 Alberto Bailleres & family Mexico 75 9.8 Mexico
86 Ramesh Chandra India 68 9.6 India
87 Charles Ergen United States 55 9.5 United States
87 John Kluge United States 93 9.5 United States
87 Ronald Perelman United States 65 9.5 United States
90 Silvio Berlusconi & family Italy 71 9.4 Italy
91 Gautam Adani India 45 9.3 India
91 Petr Kellner Czech Republic 43 9.3 Czech Republic
91 Alisher Usmanov Russia 54 9.3 Russia
94 Adolf Merckle Germany 73 9.2 Germany
94 August von Finck Germany 78 9.2 Switzerland
96 Onsi Sawiris Egypt 78 9.1 Egypt
97 Mohammed Al Amoudi Saudi Arabia 62 9.0 Saudi Arabia
97 Robert Kuok Malaysia 84 9.0 Hong Kong
97 George Soros United States 77 9.0 United States
100 Abdul Aziz Al Ghurair & family United Arab Emirates 54 8.9 United Arab Emirates

To'liq ro'yxat

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.