background
logotype

Dunyoning eng yaxshi restoranlari - Restaurant Magazine 2006

Londonda har yilgi an'anaga ko'ra dunyoning eng yaxshi restoranlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Bu reytingni Angliyaning Restaurant Magazine jurnali har yili o'tkazadi. Bu ro'yxat dunyoning eng yaxshi 600 ta bosh-oshpazlari, restoran xo'jayinlari orasida o'tkazilgan so'rov natijalari asosida tuzilgan.

Dunyoning eng yaxshi restorani nomini katalan oshpazi Ferran Adrianing El Bulli restorani qo'lga kiritdi. Bu ispan restorani nafaqat Yevropada, balki butun dunyoda eng zo'r restoran sifatida tan olindi. U o'tgan yilgi g'olib - Buyuk Britaniyaning The Fat Duck restoranini 2-o'ringa tushirib yubordi.

Reytingda uchinchi o'rinni mashhur parijlik bosh-oshpaz Pyer Ganyer Yelisey Maydonidagi restorani egalladi. O'tgan yili u 6-o'rinni egalladi. AQShning eng yaxshi restorani sifatida French Laundry (fransuz kirxonasi) e'tirof etildi.

 

RestoranMamlakat2005 yildagi  o'rni.
1 El Bulli Ispaniya 2
2 The Fat Duck (Yog'li o'rdak) Buyuk Britaniya 1
3 Pierre Gagnaire (Pyer Garnyer) Fransiya 6
4 French Laundry (Fransuz kirxonasi) AQSh 3
5 Tetsuya's Avstraliya 4
6 Michel Bras Fransiya 11
7 Restaurant Le Louis XV Monako -
8 Per Se AQSh 7
9 Restaurante Arzak Ispaniya -
10 Mugaritz Ispaniya -

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.