OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

30.07.2004. TOSHKENTDA 3 TA PORTLASH (arxiv)

Toshkent shahrining bir yo`la uchta joyida: AQSh va Isroil elchixonalari oldida hamda O`zbekiston Bosh Prokuraturasi binosi yonida soat 16.45-17.00 oralig`ida portlash yuz berdi.

Assosiated Press agentliga ko`ra, Isroilning Toshkentdagi elchixonasidagi portlash oqibatida ikkita o`zbek xizmatchisi halok bo`lgan. Isroil rasmiylarining ta'kidlashlaricha, portlashdan birqancha kishi jarohatlangan.

AFPga Amerika elchixonasi xizmatchisining xabar qilishicha, Portlash Chilonzordagi AQSh elchixonasi binosi oldida ro`y bergan. Xizmatchining ta'kidlashicha portlashni "shahid" belbog`li noma'lum erkak kishi amalga oshirgan. Interfaxning xabariga ko`ra, elchixona binosi o`rab olingan, transport harakatlari esa to`xtatilgan. Reytersga ko`ra, AQSh elchixonasi mutasaddisining aytishicha, elchixona xizmatchilaridan hech biri zarar ko`rmagan.

Uchinchi portlash esa O`zbekiston Bosh prokraturasi binosida bo`lib o`tgan. Interfax xabariga ko`ra, portlashni terrorchi-kamikadze amalga oshirgan bo`lishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Zokirjon Almatovning ta'kidlashicha, portlashlarda qurbonlar va jarohatlanganlar bor.

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining rasmiy axborotiga ko`ra, terrorchilik harakati oqibatida ikki kishi halok bo`lgan. To`qqiz kishi jarohatlangan. Ulardan ikkitasining ahvoli og`ir. AQSh va Isroil elchixonalari binolari zarar ko`rmagan. Bosh Prokuratura binosining kirish joyiga zarar etgan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida tegishli idora va xizmatlar rahbarlidan iborat Hukumat komissiyasi tuzilgan. Tergov ishlari boshlangan.

Eslatib o`tamiz, bundan rosa 4 oy muqaddam ham Toshkent va Buxoro shaharlarida bir qancha portlashlar bo`lib o`tgandi. Newsru.com sayti xabarlariga ko`ra, buning oqibatida 22 ta odam halok bo`lgan, 35 kishi jarohat olgan.

26 iyul kuni esa O`zbekiston Oliy sudida Toshkent va Buxorodagi portlashda ishtirok etganlar yuzasidan sud jarayoni boshlangandi.

O`zA xabariga ko`ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida 29-30 mart va 1 aprel kunlari Toshkent shahri va Buxoro viloyatlarida terrorizm va qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etganlikda ayblanayotgan 15 nafar shaxs ustidan sud jarayoni davom etmoqda. Sud jarayoniga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari B.Jamolov raislik qilmoqda.

Sud majlisining ikkinchi kuni sudlanuvchilarning ko‘rgazmalarini tinglash bilan boshlandi. Kun bo‘yi davom etgan sud jarayonida sudlanuvchilar F.Yusupov, F.Kazakbaev, X.Ishmatov, Ye.Aslanov, N.Kurbanaliev, R.Yusupovning jinoyat ishi yuzasidan ko‘rgazmalari tinglandi.

Toshkent shahrida ro`y bergan terrorchilik harakatlari bo`yicha tashkil etilgan hukumat komissiyasining birinchi majlisi 30 iyul kuni soat 21.00 da yuz berdi. Unda tegishli xizmatlar va idoralarning sodir etilgan portlashlar sodir etilgan portlashlar bilan bog`liq faktlarning tahlili hamda ularni tekshirishga oid aniq choralar bo`yicha axborotlar tinglandi. Batafsil va chuqur tekshiruvlar amalga oshirish? terrorchilik harakatlarining sabablari va ijrochilarini aniqlash yuzasidan harakat rejalari qabul qilindi.

Hukumat komissiyasi terrorchilik oqibatida halok bo`lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etdi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.