OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Portugal xalq maqollari (31)

Portugallar (o‘zlarini portugezish deb ataydilar) — Portugaliyaning asosiy aholisi (10,27 mln. kishiga yaqin). Umumiy soni 14 mln. dan ortiq. Portugal tilida so‘zlashadi. Dindorlari, asosan, katoliklar. Katta yevropeoid irqining hind-o‘rta dengiz irqiga mansub.


• Dengizga cho‘kib o‘lgan erkaklardan ko‘ra, qadahga cho‘kkanlari ko‘p.
• Ayolning ko‘z yoshlari hech narsaga arzimasdir, lekin u ko‘p narsalarni ifodalaydi.
• Do‘stlari ko‘p odam qamoqda o‘lmaydi.
• Chayon ko‘rib, ilon eshitganida edi, dalada zaharlanmagan hech kim qolmasdi.
• Ijaraga olingan ot charchamaydi.
• Katta maslahatdan ko‘ra kichik yordam afzal.
• Erta turgan odamga Xudo yordam beradi.
• Kelajak Xudoga oiddir.
• Pul bor uyda faqat bitta kassir bo‘lishi lozim.
• Nonsiz uyda hamma so‘kinadi va hech kim haq emas.
• Egrini ushlagandan ko‘ra, o‘g‘rini ushlash osonroq.
• Tutun bor joyda olov ham mavjud.
• «Xayrli tun» deb hatto otga ham aytadilar.
• Ishlab charchamagan odamgina maqsadiga erishadi.
• Shuhratga erishishni xohlasang, yotoqda uzoq qolma.
• Ilm kallada joy egallamaydi.
• Qo‘lingdagi narsa tugaydi, miyangdagi tugamaydi.
• G‘iybat ko‘mirga o‘xshaydi, yondirmasa ham qo‘lni kuydiradi.
• Ilon chaqqan mushuk arqondan ham cho‘chiydi.
• Yuzni ko‘rgan qalbni ko‘rmaydi.
• Uylangan odam uy xohlaydi.
• Xunuk odamga uni sevgan kishining ko‘zi bilan boqing.
• Iti bo‘lmagan mushugi bilan ov qiladi.
• Yig‘lamagan bola ko‘krak emmaydi.
• Hamma narsaga erishmoqchi bo‘lgan odam hech narsaga erisholmaydi.
• Qo‘shnimning tovug‘i menikidan yaxshi.
• Dangasa doim qashshoq.
• Lissabon o‘ynaydi, Porto ishlaydi, Braga ibodat qiladi.
• Ko‘kdagi ikki qushdan qo‘ldagi bitta qush afzal.
• Sevish — ikki marta yashash.
• Sevish va ibodat qilishni hech kim majburlamaydi.

D.Tojialiyev tarjimalari

© 2004-2019 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.