OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Ikki latifa

Yoshi ellikdan oshgan, soch soqoli oqargan odam yosh bir qizga uylanibdi, sartaroshga boribdi va unga:
— Usta, yaqinda uylandim. Senga malol kelmasa, shu sochimdagi, soqolimdagi oqlarni olsang,  debdi.
Sartarosh pinagini buzmay mijozning soch soqolini tagidan qirtishlab olibdi. So‘ng olingan sochlarni haligi kishing oldiga qo‘ydi.
— Kechirasiz, juda shoshilinch ishim chiqib qoldi.
Sizga malol kelmasa, oqlarini ajratib tursangiz, deb chiqib ketdi.

* * *

Bir kishi tepakal odamni ko‘rib qoldi va tog‘oraga o‘xshagan boshiga urgisi keldi; sharaqlatib bir urdi. Shapaloq yegan odam o‘qdek joyidan uchib ketdi. Uni urgan kishi:
— To‘xta, yonimga kelma. Senga do‘stona bir savolim bor, javob ber, mayli keyin meni istaganingcha ur. Sening boshinga urganimda "qars" degan bir ovoz chiqdi. Ajabo, bu shapaloq ovozi mening qo‘limdan chiqdimi yoki sening boshingdanmi? Shu savolimga javob ber.
Shapaloq egan odam uning savoliga javob bermadi. Yoniga keldi va bu odamga ham bir shapaloq tushirdi va shunday dedi:
— Do‘stim, og‘riqdan men hali qutulolmadim, qanday qilib o‘ylashim mumkin? Endi bu ovoz qaerdan chiqqanini o‘ylash navbati senda.

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.