Anna Zegers (1900-1983; Germaniya)
Anna Zegers (nem. Anna Seghers, haqiqiy ismi Netti Radvani (Netty Radvanyi), 19 noyabr 1900, Maynts — 3 iyun 1983, Berlin) — nemis yozuvchisi. Kyoln va Geydelberg universitetlarida ta’lim olgan.
1933 yili Zegers oz muddat gestapo tomonidan hibsda ushlangan, kitoblari taqiqlangan. Shundan so‘ng u Frantsiyaga ketadi. 1940 yili gitlerchilar qo‘shini Frantsiyani bosib olgach, Anna Zegers Parijdan Marselga qochadi. 1941 yili u Mexikoga ketadi va u yerda antifashistik «Genrix Geyne klubi»ni va «Ozod Germaniya» jurnalini tashkil etadi. Urushdan so‘ng u Berlinga qaytadi.
Zegers Butundunyo Tinchlik sho‘rosi a’zosi, Germaniya yozuvchilar uyushmasi raisi (1958—1978); Nemis san’at akademiyasi a’zosi bo‘lgan.
Uning eng mashhur asarlari: «Uning boshi uchun to‘lov» (1933), «Yettinchi xoch» (1942), «Tranzit vizasi» (1944), «O‘lik qizlar sayri» (1946), «Barhayot o‘liklar» (1949), «Gaitidagi to‘y» (1949), «Karib lavhalari» (1962), «Gaitilik uch ayol» (1980).
Сўнгги мақолалар
- “Олмон Шекспири” ёхуд абадийлик тантанаси (Фридрих Шиллер)
- Муҳаммад Шайбонийхон (1451-1510)
- Ҳамидулла Ҳасанов. Ўртаосиёлик географ ва сайёҳлар
- Лев Толстой. Хўжайин ва хизматкор (ҳикоя)
- Миллий театримиз онахони (Яйра Абдуллаева)
- Содиқ Ҳидоят. Ватанпараст (ҳикоя)
- Хайриддин Султонов. Бобурийнома (роман)
- Ҳамза Ҳакимзода Ниёзий. Таржимаи ҳол (1926)
- Зиёдахон Тешабоева. Инглизча “Бобурнома”лар
- Марк Тоутант. Навоий ва Жомий
- Зулхумор Мирзаева. Жаҳон навоийшунослиги: кеча ва бугун
- Тоҳир Қаҳҳор. Бобур девони дунё кезади
- Ҳофиз Таниш ал-Бухорий. Абдулланома («Шарафномайи шоҳий»). Биринчи китоб
- Фаррухбек Олим. “Хамсат ул-мутаҳаййирин” ва Абдураҳмон Жомий
- Антон Чехов. Йилқибоп фамилия (ҳикоя)
Facebook sahifamiz
2004-2019 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.
.