OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Behjot Kamol Chog‘lar (1908-1969)

ISTAYURMEN

Bir chechak istayurmen boqmasam so‘ladigan,
Bir qanot istayurmen meni yerdan oladigan,
Bir quyosh istayurmen tun menda qoladigan.

Bir marmar istayurmen to‘yguncha o‘yish uchun,
Bir ayol istayurmen ruhini suyish uchun,
Bir juft tiz istayurmen boshimni qo‘yish uchun.

Bir zanjir istayurmen qahrimni bog‘lamakka,
Bir yong‘in istayurmen ruhimni dog‘lamakka,
Bir ona istayurmen ustimda yig‘lamakka.

Bir yengilmas qal’ani fath etay, yakka boshim-la,
Men urilib tusharkan so‘ng burchning so‘ng toshiga,
Bir juft dudoq uzansa ko‘zlarimnipg yoshiga.

Bir ilhom istayurmen orzuyu komga yetsin,
Bir juft ko‘z istayurmen jon uyimni u ko‘rsin,
Bir sevgi istayurmen bir umr bo‘yi tursin.

Bir mehrob istayurmen qoshida tiz cho‘kmakka,
Bir oz yer istayurmen bir oshyon tikmakka,
Bir urug‘ istayurmen bo‘sh dalaga ekmakka.

Bir bino istayurmen tamaliga tosh qo‘ysam,
Bir sevgili dardim-la ko‘zlariga yosh qo‘ysam,
Bir imon istayurmen yo‘lida men bosh qo‘ysam.

DUMLI SHE’R

1. DAYDI MUSHUKNING QASSOB MUSHUGIGA MAKTUBI:

Kelisholmaymiz endi. Yo‘llarpmiz ayridir,
Sen qassob mushugisan, men daydi mushuk.
Qalayi idishda sening yemaging,
Og‘zidadir meniki arslonning
Sen tushingda ayshu ishrat,
men tushimda suyak ko‘raman.
Lekin senga ham qiyin, og‘ayni.
Osmon emas, yo‘l,
Dumingni likillatmak xudoning bergan kuni.
Oson emas, albatta.

2. QASSOB MUSHUGINING DAYDI MUSHUKKA JAVOBI:

Ochlikdan lof urarsen
demakki sen — kommunist,
Sen, shaharni loyqa suvga chaygan sen,
Anqarada o‘t chidargan sen,
Istambulning yarmini kuydirgan ham sen,
Ey mushuk, mushuk, sen cho‘chqasan.

Rauf Parfi tarjimalari

Eʼlon

© 2004-2019 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.