OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Abduvali Qutbiddin (1960)

http://ziyouz.uz/images/ziyoli/abduvali_qutbiddin.jpgAbduvali Qutbiddin 1960 yil 20 iyunda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1983).

Samarqand viloyat gazetasi «Lenin yo‘li» (hozirgi «Zarafshon») gazetasida adabiy xodim, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir, «Yozuvchi» nashriyotida yetakchi muharrir, bosh muharrir bo‘lib ishlagan.

Dastlabki she’riy to‘plami — «Nayson» (1988). Shundan so‘ng shoirning «Humo» (1989), «Baxtli yil» (1991), «Xayol kechasi» (1994), «Sen va sen uchun» (1996), «Uzoqdan olisga» (2007) kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan.

«Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1997).

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.