OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Abulqosim Mamarasulov (1958)

Abulqosim Mamarasulov 1958 yil 5 fevralda Samarqand (hozirgi Jizzax) viloyati Bulung’ur (hozirgi Baxmal) tumanidagi Barlos qishlog’ida tug’ilgan.

1979 yili Alisher Navoiy nomli Samarqand Davlat universitetining rus filologiyasi fakultetini tugatib, Jizzaxdagi «Bo’ston» gazetasida tarjimachilik bilan o’z ish faoliyatini boshlagan. 1996 yilga qadar «O’zbekiston adabiyoti va san’ati», «Xalq so’zi», «Turkiston», «Inson va qonun» gazetalarining Jizzax viloyatidagi muxbiri vazifalarida ishlagan.

1984 yildan Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. «Suyunchi» (1982), «Hayotning bir lahzasi» (1985), «Sen uchun yonib» (1988, jamoa), «Svidanie na perevale» (1988, jamoa, Moskva), «Barlos qishlog’ining zumrad tonglari» (1990), «Sevishganlar» (1992) hikoyalar to‘plamlarining muallifi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.