OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Anvar Obidjon (1947)

Anvar Obidjon (Obidjonov) (1947.8.1, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Poloson qishlog‘i) — O‘zbekiston xalq shoiri (1998). Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1979).

«Yosh gvardiya» nashriyotida muharrir, bosh muharrir o‘rinbosari (1981—86), «Yosh kuch» jurnalida muxbir (1987—88), «Mushtum» jurnalida bo‘lim mudiri (1988—89), «Cho‘lpon» nashriyotida bosh muharrir, direktor (1989—98), O‘zbekiston teleradiokompaniyasida muharrir (1998) bo‘lib ishlagan.

Anvar Obidjonning ohang va uslub jihatidan o‘ziga xos hajviy asarlari o‘zbek bolalar adabiyotida yangi yo‘nalishni shakllantirgan. Qissa va hikoyalari zamonaviy, sodda va ta’sirchan («Usta Gulmat g‘azallari», 1974; «Eng yorug‘ kun», 1983; «Akang qarag‘ay Gulmat», 1987; «Oltin yurakli Avtobola», 1988), «Masxaraboz bola» (1986), «Juda qiziq voqea» (1987), «Yerliklar» (1990), «Alamazon va Gulmat hangomasi» (1992), «Ajoyibxona» (1993, she’riy taqvim), «Tanlangan she’rlar» (2006), «O‘g‘irlangan pahlavon» (2006), «Bahromning hikoyasi» (2007) va boshqa doston, qissalar, she’rlar, pesalar va hajviy asarlardan iborat to‘plamlar muallifi.

Respublika teatrlarida pesalari sahnalashtirilgan. «Oltin yurakli Avtobola» qissasi asosida «Tilsimoy — g‘aroyib qizaloq» nomli bolalarga atalgan film suratga olingan. «O‘zbekiston askarlari» qo‘shig‘i milliy armiyaning birinchi saf qo‘shig‘iga aylangan.

«Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1997).

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.