OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Ismoil To‘lak (1947-2013)

http://ziyouz.uz/images/ziyoli/ismoil_tulak.jpgIste’dodli shoir, adabiyotshunos olim Ismoil To‘lak Andijonning Xorabek qishlog‘ida 1947 yilda tavallud topgan. Andijon davlat pedagogika institutini tamomlagan. Andijon davlat pedagogika institutida (1971—1995), Andijon davlat tillar institutida dars bergan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat test markazida mas’ul vazifada ishlagan.

Uning birinchi she’riy to‘plami «Seni o‘ylab» nomi bilan 1977 yilda chop etilgan. Shundan so‘ng shoirning «To‘rg‘ay» (1983), «Kengliklar» (1984), «Yashil sabo» (1989), «Muhabbat shevasi» (1995), «Sog‘inch dovoni» (1997) kabi bir necha she’riy majmualari yaratildi.

Shoirning «Muhabbat shevasi» (1993) to‘plamida shoir ijodining ilk davridan hozirgacha bo‘lgan ijodiy yo‘li ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Shoirning «Nido», «Isyonkor ruhlar», «Ko‘ksimdagi haqiqat», «Do‘stimga degan so‘z» kabi o‘nlab she’rlarida esa o‘zgacha hayot kechadi.

Ismoil To‘lak adabiyotshunos olim hamdir. 1981 yilda nomzodlik himoyasini yoqlagan. 1994 yili esa «Hozirgi o‘zbek lirikasida davr va lirik qahramon talqini» mavzuida doktorlik himoyasini yoqlab, filologiya fanlari doktori degan ilmiy darajaga ega bo‘lgan.

Muallif, bundan tashqari «Nurli manzillar» (1992), «XX asr o‘zbek adabiyoti» (1993), «She’r—qalb yolqini» (1994) kabi risolalarini e’lon qilgan.

Eʼlon

© 2004-2019 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.