OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Maqsud Qoriyev (1926-2010)

Maqsud Qoriyev (1926.1.8, Toshkent, 2010) — yozuvchi va jurnalist. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1968). Toshkent yuridik institutini tugatgan. Yuridik fanlari nomzodi, dotsent (1994).

«Toshkent haqpqati» gazetasida muharrir o‘rinbosari, bosh muharrir (1954— 63), «Sovet O‘zbekistoni» gazetasi (1964-84), «Mushtum» jurnalida bosh muharrir (1984—92) bo‘lib ishlagan.

Jurnalistik faoliyati 50-yillarning boshlari, adabiy faoliyati esa 60-yillarning 2-yarmida kichik hikoyalar yozish bilan boshlangan. Maqsud Qoriyev «Oydin kechalar» (1968), «Jiyda gullaganda» (1970), «Oy tutilgan kecha» (1971). «Qiz uzatib borganda» (1972), «Afrosiyob go‘zali» (1974). «Turnalar baland uchadi» (1976) qissa va hikoyalar to‘plamlarida yosh zamondoshlari hayotiga murojaat etib, ular hayoti va ruhiy olamida kechayotgan o‘zgarishlarni tasvirlashga alohida ahamiyat bergan.

Maqsud Qoriyevning keyingi ijodida tarixiy o‘tmish mavzui ustuvorlpk qiladi: «Spitamen» (1985), «Ibn Sino» (1995). «G‘aznaviylar» kabi tarixiy romanlar, «Ibn Sinoning bolaligi» (2002) qissasi kitobini yozgan.

Maqsud Qoriyev, shuningdek, «Davlat va huquq nazariyasi» darsligi mualliflaridan biri.

Maqsud Qoriyevning lirik qissalari asosija «Mirzo va Lola» telespektakli, «Qaldirg‘ochlar bahorda keladi» (rejissyor H.Ahmar). «Qiz uzatib borganda» (rejissyor U.Nazarov) badiiy filmlari yaratilgan.

Maqsud Qoriyev «Shuhrat» medali (1996) va «El-yurt hurmati» (1998) ordeni bilan taqdirlangan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.