OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Nurullo Oston (1955)

Nurullo Oston 1955 yilning 10 sentyabrida Samarqand viloyatining Samarqand tumanida tug'ilgan.

Toshkent Davlat Universitet jurnalistika fakultetini (1881), Leningrad oliy partiya maktabini (1989) tugatgan. "Qishloq haqiqati" gazetasida musahhih (1975-1976), O'zteleradiokompaniyada muharrir, katta muharrir (1982-1987), O'zA, Respublika televideniyesi "Axborot" Bosh muharririyatining Samarqand viloyati bo'yicha muxbiri (1991-1996), O'zteleradiokompaniya "Axborot" Bosh muharririyatining katta muharriri, viloyatlararo muxbiri (1996-2002) bo'lgan. 2003 yildan Samarqand shahar hokimligi muassisligidagi "Samarqand" gazetasi muharriridir.

N.Ostonov 1991 yildan O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosidir. Uning "Yulduzlar chaqnagan tun", "Bahor raqsi", "Yo'ldagi buloq", "Yuragimning bezovta guli", "Qadim yo'llarda", "Osmon to'la farishta" nomli she'riy to'plamlari nashrdan chiqqan. Ijodkor turkman shoirining "Rangli yomg'irlar" she'riy to'plami hamda Dog'iston xalq shoiri Rasul Hamzatovning "Bir oila farzandlari" nomli she'riy to'plamlarini tarjima qilgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.