OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Otauli (1949)

Taniqli adib, tarjimon, publitsist va munaqqid Otauli (Rahimjon Otayev) 1949 yilda Chimkent viloyatining Turkiston tumanidagi Chipon qishlog‘ida tug‘ilgan. 1973 yilda hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini tamomlagan.

O‘rta maktabda o’qituvchi, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligida uslubchi, Respublika Matbuot va axborot agentligida maslahatchi muharrir bo’lib ishlagan. 1983 yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida xizmat qildi.

Otaulining “Turmush, xulq-atvor va mehnat estetikasi” (1982) ilk risolasi, “Osmon to‘la yulduzlar” (1983) falsafiy essesi, “Surnay navolari” (1991) qissalar va turkum badialar to‘plami, “Tilsim (Turkiston dostoni)” (1994), “Elchi (Afandi o‘lmaydigan bo‘ldi)” (1999), “Ulus. Forobiyning do‘sti” (2000), “Zamona zayli” (2006) nasriy dostonlari, “Ruhiyat ehromi” (2006) essesi nashr etilgan. Gazeta-jurnallarda yozuvchining ko‘pgina qissalari, hikoyalari, badialari, publitsistik va adabiy-tanqidiy maqolalari e’lon qilingan.

Eron adibi Muhammad Ali Jamolzodaning “Sho‘robod” asarini – rus tilidan, Muxtor Mag‘avinning “Tiriklik qo‘shig‘i” va Abish Kekilboyevning “Poygato‘riq” qissalarini – qozoq tilidan, To‘lepbergen Qaipbergenov va Ollonazar Abdiyevning bir qator asarlarini – qoraqalpoq tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Yozuvchi 1984 yilda “Eng jumboq tuyg‘u” publitsistik maqolasi uchun “Sharq yulduzi” jurnalining yillik mukofoti, 1995 yilda “Tilsim (Turkiston dostoni)” asari uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Alp Jamol mukofotiga sazovor bo‘lgan. 2000 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.