OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Tursunoy Sodiqova (1944)

http://ziyouz.uz/images/ziyoli/tursunoy_sodiqova.jpgShoira Tursunoy Sodiqova 1944 yili Andijon shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan. O‘rta maktabda muallim, yoshlar tashkilotlarida, keyinchalik Andijon Davlat tillar institutida, Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazida ishlagan. Filologiya fanlari nomzodi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.

Tursunoy Sodiqovaning ilk she’riy to‘plami «Kuy» nomi bilan 1976 yilda chop etilgan. Shundan beri «Gul fasli» (1981), «Iqbol» (1984), «Dil gavhari» (1985), «Izlay-izlay topganim» (1988), «Girya» (1994) kabi o‘nga yaqin she’riy guldastalar yaratib, o‘z o‘quvchilariga taqtsim etdi. Shuningdek, odob-axloq mavzularida bitilgan maqolalarini «Andisha» (1988), «Mehrigiyo» (1989), «Baxtli bo‘ling» (1989), «Baxt nima?» (1994), «O‘zbek she’riyatida an’ana va o‘ziga xoslik» kabi nomlar bilan to‘plam va qo‘llanmalar tarzida nashr ettirgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.