OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Doktor O’ktam Muhammad Murod qabulida

Har bir insonga Janobi Haq tomonidan faqat o‘ziga xos bo‘lgan me'yor va imkon ato etilgan. Zero, jinsiy aloqaga behad ruju qo‘yishning salbiy jihatlari haqida keyingi maqolalarda to‘xtalish niyatidamiz. Misol uchun, ayrim g‘arb olimlari ayoliga xiyonat qilishga odatlangan erkaklarning ak-sariyati go‘yoki kuchli jinsiy quvvatga ega bo‘lishlarini iddao etishadi. Zero, aynan o‘sha zinokor toifalarda infarkt va insultdan vafot etish xavfi boshqalarga nisbatan 3-3,5 marotaba yuqoriligi allaqachon o‘z ilmiy isbotini topgan.

QOVUSHISHNING O'N HIKMATI

SAVOL: Er-xotinlikni uzviy bog‘lovchi qovushish, ya'ni jinsiy yaqinlikda qanday tibbiy hikmatlar mavjud?

MUTAXASSIS JAVOBI: G'arb olimlarining tadqiqotlariga ko‘ra, erkaklarning uzoq umr kechirishi jinsiy hayotdan oladigan lazzatlanish miqdori bilan uzviy bog‘liq emish.. Mutaxassislar buning sababini inzol paytida qonga lazzat gormonlari - endorfinlarning ko‘proq miqdorda tushishi bilan bog‘laydilar. Boshqa jismoniy faol harakatlar kabi me'yoriy jinsiy munosabat ham ziqlikni bartaraf etib, asab-ruhiy tizim va boshqa a'zolar faoliyatiga ijobiy ta'sir etadi. Albatta, ushbu o‘rinda erkak kishiningo‘z xasmi haloli-rafiqasi bilan bo‘lgan munosabati nazarda tutilmoqda. Zino esa, aksincha erlik kushandasi ekanligi shubhasiz.

Agar er-xotin o‘rtasidagi jinsiy munosabat ikkovlarini ham to‘laqonli qanoatlantiradigan darajada bir maromda, rejali tarzda muttasil amalga oshirilsa, uning quyidagi shifobaxsh jihatlaridan bahramand bo‘lish mumkin:

Birinchidan, jinsiy munosabat faol jismoniy harakat bo‘lganligi bois, kishi bir marotabalik intim yaqinlik davomida sportchining yarim soat shug‘ullanganiga teng miqdordagi energiyani yo‘qotadi. Bu esa, tanadagi ortiqcha yukni bartaraf etib, asr tahdidi bo‘lgan semizlikning oldini oladi.

Ikkinchidan, yaqinlik paytidagi tananing faol harakatlari son, dumba, bel va tos mushaklari faoliyatini keskin kuchaytirib, undagi qon aylanishi, modda almashinuvi kabi ko‘plab jarayonlarga ijobiy ta'sir etadi.

Uchinchidan, jinsiy yaqinlik uchun zaruriy biofaol modda-testosteron moddasining ishlab chiqilishining kuchayishi bois, inson suyak-mushak tizimi mustahkamlanadi.

To‘rtinchidan, boshqa jismoniy faollik talab etuvchi sport turlari kabi jinsiy munosabat ham qondagi immunoglobulin moddasi miqdorining ko‘payishiga sabab bo‘lar ekan. Shu tufayli ham bu toifa kishilarda turli yallig‘lanish kasalliklari kamroq uchrashi kuzatilar ekan.

Beshinchidan, muntazam jinsiy munosabatni tark etmaslik ichki jinsiy a'zolar-prostata bezi, urug‘ pufakchalari, moyaklar kabilarda dimlanish holatining ro‘y bermasligini ta'minlaydi. Natijada, orxit, prostatit, epididimit, vezikulit kabi noxush xastaliklarning oldini olib, bo‘lg‘usi jinsiy zaiflikka yo‘l ochilmaydi.

Oltinchidan, to‘laqonli jinsiy munosabat peshob qopchasi jom mushaklari mustahkamligini ta'minlaydi. Bu esa, qovuq bo‘shligi kabi noxush holatlarning oldini oladi.

Yettinchidan, rejali, maromida olib borilgan jinsiy munosabat (agar o‘ta zo‘riqishga yo‘l qo‘yilmasa) yurak-qon tomir tizimiga sezilarli ijobiy ta'sir etadi.

Sakkizinchidan, boshqa jismoniy harakatlar kabi jinsiy aloqa ham tanadagi quvvatning yo‘qotilishiga olib keladi. Bu hol esa, ishtaha kuchayib, oshqozon-ichak tizimidagi hazm jarayonlarining ham me'yorlashuviga olib kelishi bilan benazirdir.

To‘qqizinchidan, muntazam tarzda, rejali jinsiy hayot kechiruvchilarda barvaqt qartayish-klimaks holatining yengil o‘tishi kuzatiladi. Goho esa, erkaklarda bu noxush davrning mutloq ro‘y bermasligi aynan jinsiy faoliyatning maromida olib borilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

O'ninchidan, me'yoriy jinsiy munosabatda yashovchi er-xotinlarda o‘sma (saraton) kasalliklarining keskin kam uchrashi ko‘plab ilmiy manbalarda keltirilgan.

Yuqoridagilarni keltirishdan muddao jinsiy munosabatga harismandlikni aslo rag‘batlantirish emas. Chunki, har bir insonga Janobi Haq tomonidan faqat o‘ziga xos bo‘lgan me'yor va imkon ato etilgan. Zero, jinsiy aloqaga behad ruju qo‘yishning salbiy jihatlari haqida keyingi maqolalarda to‘xtalish niyatidamiz. Misol uchun, ayrim g‘arb olimlari ayoliga xiyonat qilishga odatlangan erkaklarning ak-sariyati go‘yoki kuchli jinsiy quvvatga ega bo‘lishlarini iddao etishadi. Zero, aynan o‘sha zinokor toifalarda infarkt va insultdan vafot etish xavfi boshqalarga nisbatan 3-3,5 marotaba yuqoriligi allaqachon o‘z ilmiy isbotini topgan.

 

AZALIY «AZIL» AZIYATLARI

SAVOL: Ma'lumingizkim, ota-bobolarimiz ham azaldan homiladorlikning oldini olish borasida bosh qotirganlar. Shu bois, homila bo‘lib qolmasligi uchun erkaklar «azil» uslubini keng qo‘llaganlar, ya'ni maniyni ayol a'zosidan tashqariga to‘kkanlar. Zamonaviy kontratseptiv moddalar juda serob bo‘lgan hozirgi davrda ayrimlarning mazkur uslubdan foydalanishlari qanchalik asosli?

MUTAXASSIS JAVOBI: Fikri ojizimizcha, homiladan saqlovchi vositalarning yuzlab turlari paydo bo‘lgan bugungi kunda «azil» uslubini qo‘llashning hech ham zarurati yo‘q. Zero, zamonaviy tabobat «azil»ning quyidagi noxush asoratlarini e'tirof etmoqda:

1 .Olimlarning ta'kidlashlaricha, azil payti jinsiy aloqani bo‘lib-bo‘lib to‘xtataverish 67 foiz  ayollarda lazzat hissiyotining sezilmasligiga olib kelishi bilan taxdidli ekan.

2. Jinsiy aloqa payti shahvatning beixtiyor qinga to‘kilib ketishidan hadiksirash esa asab-ruhiy beqarorligi kabi noxush-liklarga sabab bo‘lar ekan.

3. Shahvat tarkibidagi qator moddalarga ayol vujudida tabiiy ehtiyoj mavjudligi bois, azil natijasida ayol tanasida gormonlarga chanqoqlik hissi paydo bo‘lar ekan.

4. Shahvatni tashqariga to‘kish paytida erkak a'zosi qin aylana mushaklari og‘ushida bo‘lmasligi ham noxushliklarning asosiy sabablaridan hisoblanib, er-xotin nizolariga va hattoki ajralishlarga olib kelishi kuzatilgan.

5. Ayollar shahvat to‘kilganidan so‘ng ham erkakni ancha vaqtgacha o‘z vujudi «tarkibiy qismi» sifatida og‘ushida bo‘lishini xush ko‘rishlarida ham turfa hikmatlar yashirin ekanligi shubhasiz.

Bugungi zamonaviy tib olimlarining fikrlari ham aslida hanafiy ulamolari fikri bilan uyg‘un keladi. Turli mazhab ulamolarining bir guruhi «azil»ni muboh desalar, boshqa bir guruhi shahvatni qindan tashqariga to‘kish, bo‘lg‘usi go‘dakni qurbon qilinishiga mengzashib, uni harom deb hisoblashadi. Yuqoridagi fikrlar bizning mazhabimizga muvofiq emas. Fiqh kitoblarida ayrim olimlar bu borada bizning mazhabimizda ayol rizoligi muhim o‘rin tutishini ta'kid etadilar. Agar ayol kishi jinsiy aloqa paytida homila bo‘lmasligi uchun shahvatni tashqariga to‘kishni talab etsa, bu uslub - halol, ammo ayol xohish-irodasi hisobga olinmay tashqariga to‘kilsa - harom ish deya taxmin qilinadi. Aynan erni ham, xotinni ham qanoatlantiruvchi uslublar inson tanasi fiziologik imkoniyatlariga muvofiq kelishi bilan ahamiyatlidir.

"Odamlar orasida" gazetasidan

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.