OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Tohir Malik. Pajaliska (hajviya)

Yozg‘uvchiga maktub

Kaminani yo‘qlab onda-sonda bo‘lsa-da, maktub kelib turadur. Televidenie idorasidagi muhtaram muharrirlarning iltifoti va himmati ila o‘zbek tiliga doir mumammolar xususida berilmish bir ko‘rsatuvda ishtirok etib edim. Ne baxtki, bul suhbat tomoshabin o‘rtoqqa ma’qul tushib, u zoti muhtaramning kichkinagina maktubiga arzibmiz. Ijozatlari ila mazkurni e’tiborlariga havola etsam.

Birinchi maktub budir:

«Xo‘rmatli okaxonla, bugun bayram bahonasida besh-olti og‘ayni kampaniya bo‘lib baldet qilib o‘tiruvduk. Uzbekskiy til haqidagi peredachani ko‘rduk. Nishtyak gaplarni etdiyla. No‘, bir bratan gapirganda quloqqa lapsha osdi. Vaabshe qoyil emasmiza unga. Hozir o‘zbek tili gosudarstvenniy tilga polniy o‘tgan-ku? Hammamiza chistiy o‘zbekcha gaplashishimiza kerakmi, abezatelniy kerak. Man bunaqa boltunlarni savsem yoqtirmiyman. O‘sha boltun bratan «tramvayga o‘tirduk», deydi. Bizani predkalarimiza «tramvay» deyishmagan, o‘zbekchasiga «ko‘nka» deyishgan. O‘zbekchani chereschur yaxshi bilmasang, nima qilasan gapirib, odamlarni nastroeniyasini buzib. Pachti hammamiza shu mneniyadamiza. Hammamiza patriot bo‘lishimiza kerak. Yesli hammamiza vse kak odin chistiy o‘zbecha gapirishga o‘tmasak, ming staratsa qilayluk, hamma ishimiza kapeyka bo‘lib qoladi. Man o‘zbek tiliga to‘st etdim. Hamma o‘zbek tili uchun bir ryadda bo‘lishi kerak, orada bittayam mesta svobodna qolmasin, dedim. Hamma do dna ichdi. Silayam bizani padderjka qilasila, deb podpisimni qo‘ydim. Man Krasniy most kvartalidagi domda turaman. «Radji zolotoy» desayla, hamma tochna ko‘rsatib beradi. Oq bryuk bilan pozalochenniy ochki taqib yuraman. Bilagimda tsigankalardan olgan brasletim ham bor. Boshpurt bo‘yicha Rajabtilla Karimtillaevichman. Gapimni yana bitta dobavkasi bor: sila bilan otdelna o‘tirib, otdushi gaplashmoqchiman. Soglasna bo‘lasila, silaga neudobna bo‘midi, degan mneniyadaman. O, keymi? »

Dilni o‘rtab yuborguvchi bu maktubga javobimiz tayin:
-Nima ham derdik, pajaliska deymiz-da...

Ikkinchi maktub budir:

Xo‘rmatli okaxon, pocherkim cho‘-ta sizga znakomiy bo‘lsa kerak. Oldin ham sizga yozganman. Man har kuni televizorda astrologicheskiy prognozni eshitaman. Cho‘-ta chistiy o‘zbekcha prognozlar bo‘lmaydi. Koroche, mandayam astrologicheskiy danniylar bor. Biotoklarim bor. Buni Toporikdan so‘rasangiz u tochna podverdit etadi. Uning nastoyashiy oti Boltavoy. Biza kulturniy qilib, Toporik deymiza. Shu Toporik boshqalar bilan ichsa, ikki butilkaga ham kayfi oshmaydi. Men bilan chetvertak ichsa ham baldet qilib qoladi. Biotoklarim moshniy-da! Koroche, yangi yilni vstrechat qilib o‘tiribmiza. Hamma ertaga qanaqa sluchaylar bo‘lishi mumkin deb bashkasini qotirib o‘tiradi. O‘zbek okaxonlarga chistiy o‘zbecha prognozlar kerak. Shu prognozni aytishga o‘zim staratsa qilmasam, boshqa patriotlar yo‘qqa o‘xshiydi.
Endi, mana, otdixdan keyin ponedelnik boshlanadimi? Muchali it bo‘lgan bratanlar uchun bu og‘ir kun schitatsya qiladi. Chunki ponedelnikda xo‘jayinlar sobachiy nastroeniyada bo‘lishadi. Po etomu ishga zaranee borish kerak. To‘g‘ri, ish bo‘ri emas, o‘rmonga qochib ketmaydi, no zato nachalnik zver, degan poslovitsa bor. Ponedelnikda magnitniy burya bo‘lmaydi. Boshingiz og‘risa, dori-pori ichmang. Peshingacha ishga skvoz paltsa qarang. Ikki kunlik otdixdan keyin srazu ishga kirishish durnoy privichka bo‘ladi. Obedgacha u yoq bu yoqdan baltat qilib, obetda biron molodoyni supermarketga chiqaring. Pivomi, vinomi topib kelsin. Ponedelnikda vodka ichmang. Vodka jeludkaga og‘irlik qiladi. Jeldukasida yazvasi bor bratanlar azgina spirt ichib yubora qolsin. Ponedelnikda xo‘jayinlarning zasedaniyasi ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun obeddan keyin ham ishlamang. Kechqurun pivnushkada zakuskasiz yuzta-yuzta qilib, po domam ketish kerak. A to xotinlar teringizni shilib, sosiska qiladi.
Vtornik kuni delovoy partnerlar bilan vstrechani obeddan bir soat oldin naznachit qilish kerak. Shunda ish ham bitadi, obed puli ham yonga qoladi. Obedgacha bo‘lgan vstrechada ishning yarmini dogovoritsa qilib, qolgan polovinasini kechga o‘tkazsangiz, ujin ham ekonom bo‘ladi. Ujinda shampan ichmang, jeludkaning kislotasini oshirib yuboradi. Agar delovoy partnerning karmoni bitiy bo‘lsa, do pobednogo kontsa konyak ichavering. Yazvangiz bo‘lsa ham qo‘rqmang, “tekin konyak organizmni chistiy qiladi”, degan poslovitsa bor.
Sreda kuni qizlar bilan svidanie naznachit qilishga udobno bo‘ladi. Svidaniyani obeddan keyinga naznachit qiling. Qiz aqlli bo‘lsa, ujingacha uyiga ketadi. Shunda ortiqcha rasxod bo‘lmaydi.
Chetverg kuni ostorojnaroq bo‘lasiz. Sizni obedgacha neudacha kutadi. Obeddan keyin esa ishingiz nishtyak bo‘ladi. Agar chetverg kuni ishingiz nishtyak bo‘lolmasa, pyatnitsada nacheku turing. Siz shu kuni dobriy odamlar bilan stolknutsya etasiz.
Subbota, vixodniy kunlari ishga borilmaydi. Delovoy partnerlar bilan ham uchrashmaysiz. Mening prognozimni mazza qilib eshitib, otdixat qiling. Prognozimning davomini keyin yana otpravit qilaman.

Izoh: Ajabki, boshqa maktub olmadik. Uzunquloq gaplarga qaraganda, do‘stimiz Rajabtilla, ya’ni Radji Zolotoy endi mister ”Radji Gold” imzosi bilan chistiy ingliz tilida yaponiyaliklar uchun “prognozlar” yozayotgan emishlar. Omadlarini bersin.

Eʼlon

© 2004-2019 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.