background
logotype

"Ziyouz viktorinasi"da berilgan savol-javoblar (1001-1100)

1001. 17.987.547 - bu yorug'likning vakuumdagi tezligi. Uning o'lchovini belgilang.
Javob: Km/min.

1002. Vay Ale-Ale tog'i, Kauai oroli, Gavai, 350 kun. Mana shu faktlarni bir-biriga qo'shsa nima hosil bo'ladi?
Javob: Vay Ale-Ale tog'i, Kauai oroli, Gavaida yiliga 350 kun yomg'ir yog'adi.

1003. Qadimgi skandinavlarda agar shoh yoki harbiy qo'mondon o'lsa, uning hamma boyliklari va ... si bilan birgalikda dahmalarga ko'mishgan. Nuqta o'rnini to'ldiring.
Javob: Kema

1004. AQShlik Don Badj, Morin Konnoli, Avstraliyalik Rod Leyver, Margaret Smit Kort, Germaniyalik Shteffi Graff. Yuqoridagi insonlarni nima birlashtirib turadi?
Javob: Bu tennischilar "Grand Slam" unvoni sazovorlari bo'lishgan.

1005. Mashhur sport kiyimlari va buyumlari ishlab chiqaruvchi Adidas kompaniyasi emblemalarisi bu "Uch barg" hisoblanadi. Bu uch bargli emblema nimani ifodalaydi?
Javob: Uch barg ma'nosi, "Adidas"ning uch qit'ada o'z kompaniyalari borligini aks ettiradi.

1006. Autfild, Bol, Ketcher, Pitcher, Xoum-ran atamalari qaysi sport turida ishlatiladi?
Javob: Baseball sportida bu atamalar keng ishlatiladi

1007. Rossiyalik "Tarzan" laqabli sportchi kim?
Javob: A. Popov

1008. 1974 yil Kuba poytaxti Gavanada bo'lib o'tgan boks bo'yicha Jahon Chempionati finalida hamyurtimiz Rufat Risqiyev kimni mag'lub mag'lub etgan?
Javob: Bunda vatandoshimiz Luis Felipe Martinez ni mag'lubiyatga uchratib jaxon chempionligini qo'lga kiritgan

1009. Boksni hamma yaxshi bladi. Lekin boks tushunchasi nafaqat sport turi, balki bir sport turidagi shu sport jihozlari turuvchi joyni ham anglatadi.  Bu qaysi sport turi?
Javob: Formula 1

1010. Futbolda "La-ola" degan atama bor. Bu qanday tushuncha?
Javob: La ola -  To'lqin degan ma'noda keladi. Bu muxlisalarning o'ziga xos to'lqinsimon ko'rinish xosil qilishi

1011. 2008 - yil MDHda qanaqa yil deb e'lon qilindi?
Javob: "Adabiyot va kitobxonlik yili"

1012. Qubbatul ilm va adab nomi bilan mashhur bo'lgan shahar?
Javob: Shahrisabz

1013. "Chog'ir va Bang munozarasi", "Dahnoma" asarlari muallifi kim?
Javob: Yusuf Amiriy

1014. Rossiyada 2008 yil qanday yil deb e'lon qilindi?
Javob: Oila yili

1015. Qadimda Balx, Vahsh nomlari bilan atalgan daryo?
Javob: Amudaryo.

1016. Salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohini yo'q qilgan sarkarda kim?
Javob: Amir Temur. Izmir (Turkiya) shahrini egallashi bilan, Yaqin Sharqdagi eng so'nngi salib qarorgohini yo'q qilgan.

1017. Andijon davlat Universiteti kimning nomida?
Javob: Zahiriddin Muhammad Bobur

1018. Bu narsani biz deyarli har kuni o'z uyimizda, balki o'zimizga tegishli buyumda ham ko'rishimiz mumkin. Bu narsani lotinchadan tarjima qilsa, "hasharot mo'ylovi" degan ma'noni bildiradi. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Antenna

1019. Chingizxon va Xorazmshohlar urushiga turtki bo'lgan qabix ishni  amalga oshirgan shoxning ismi.
Javob: Dastlab 1216-yilda Chingizxon huzuriga Xorazmshoh Bahruddin Roziy boshchiligida o‘z elchilarini yuboradi. Bunga javoban Chingizxon o‘z elchilarini xorazmlik savdogar Mahmud Yalovoch boshchiligida Xorazmga yuboradi. 1218-yili Chingizxon savdo va elchi karvonlarini tayyorlab Xorazmshohga yuboradi, lekin O‘tror shahriga yetganda Muhammadning roziligi bilan, O‘tror shahrining noibi Inalxon farmoniga binoan karvon talanadi va odamlari qirib tashlanadi. Chingizxon Sulton Muhammaddan aybdorlarni jazolashni va Inalxonni tuttirib, uning ixtiyoriga jo‘natishni talab qilib, Ibn Kafroj Bug‘roni ikki ishonchli mulozimi kuzatuvchilari bilan Xorazmshoh huzuriga elchi qilib yuboradi. Xorazmshoh Chingizxon talabiga javoban elchini o‘ldirishni va u bilan kelgan ikkita mulozimning soqol-mo‘ylovlarini qirib, sharmanda qilib qaytarib yuborishni buyuradi. Bu voqealar Chingizxon va Xorazmshoh davlatlari o‘rtasida savdo aloqalari va elchilik munosablari tamomila uzilganini bildirar edi.

1020. Bular Qadimgi Bobilda 6 ta, Misrda 10 ta, Mayyalarda 5 ta, bizda esa 7 ta bo'lsa, ko'pchilikka yoqadigan oxirgisini toping.
Javob: Hafta kunlari, oxirgisi Yakshanba.

1021. 1950-1955 yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo'lgan Uinston Cherchil nomiga taniqli dramaturg Bernard Shou nomidan o'zining yangi spektakliga taklifnoma bordi. Taklifnomalar 2 ta bo'lib, Shou "Do'stingiz bilan premyeraga keling, agar bo'lsa" deb xat yozib yubordi. Shunda Cherchil javob qaytardi: "Hozir vaqtim yo'q. Spektaklga bora olmayman. Lekin keyingi premyeraga albatta boraman, agar......."
Nuqtalar o'rnini to'ldiring.
Javob: Lekin keyingi premyeraga albatta boraman, agar yana pyesangiz bo'lsa. (Ya'ni yana premera bo'lsa)
Izoh: Uinston Cherchil ancha kibrli inson bo'lib, yaqin do'stlari bo'lmagan. Bernard Shou esa uning ustidan kulish uchun shu gaplarni yozgan. Cherchill ham gapga usta bo'lib, unga ajoyib javob qaytargan. Shouning pyesalari soni kam bo'lgani uchun shunday javob qaytargan.

1022. 1821 yili Taleyranga bu haqida aytishganida, "Bu endi e'tiborga molik voqea emas, shunchaki bir xabar" deb, nimani nazarda tutgan edi?
Javob: Napaleonning vafot etgani haqidagi xabar

1023. 1978 yil noyabrda Tokiodagi ko'p qavatli binolardan birining yuqori qavatidan bir dona tuxum tashlab yuborildi. Ko'pchilik guvohi bo'lgan bu voqeadagi tuxumning oddiy tuxumlardan qanday farqi bo'lgan?
Javob: U pastga tushganda sinib ketmagan

1024. Andijon davlat Tillar pedagogika instituti kimning nomida?
Javob: Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon.

1025. Shtutgartda noodatiy antiqa darslik chop etildi. Bu darslikni o‘qish vaqtida o‘quvchilar o‘zlarini o‘qituvchi o‘rniga qo‘yib ko‘rishlari va hatto darslik chop etuvchilarga baho qo‘yishlari ham mumkin. Siz menga 1 daqiqadan keyin, ushbu darslikning boshqalaridan farqli jixatini ayting.
Javob: U atayin xatolar bilan chop etilgan

1026. Mallarang bo‘yoq, ya’ni sepiya, xozir asosan sintetik(sun’iy) yo‘l bilan olinadi. Ammo tabiiy bo‘yoq ancha taniqroq va sifatliroq. Bu bo‘yoq tabiiy usulda bir jonzotdan olinadi. Siz uni topishingiz uchun mashhur bir musobaqani esga olishingiz kifoya. Menga o‘sha bo‘yoqning tabiiy manbasini yozib bering.
Javob: Karakatitsa. Izoh: "Kapitan Vrungel sarguzashtlari"da Vrangelning raqibini kemasi "Qora Karakatitsa" bo'lgan

1027. Fiat, Pejo, Reno va Shevrole. Bu so‘zlarni avtomobil markalari ekanligidan tashqari ham bir umumiylik birlashtirib turibdi. Siz menga bu so‘zlardagi o‘sha umumiylikni topib aytasiz.
Javob: Oxirgi xarfi "T" bilan tugaydi: FIAT, PEGOUT, RENAULT, CHEVROLET

1028. Dunyoda juda ko‘plab dori xillari mavjud. Ularning funksiyasi ham xar xil. Xususan, Bir qancha dorilar qon ta’minotini yaxshilashga xizmat qilar ekan. Ya’ni ular qon bilan yaxshi to‘yingan hujayra va to‘qimalardan qon donachalarini olib, ularni kamqon bo‘lgan hujayra va to‘qimalarga yetkazib berar ekan. Endi savol quyidagicha, shifokorlar bunday funksiyali dorilar turkumini hazillashib qanday nomlashadi?
Javob: Robin Gud

1029. Hududi kattaligi jihatidan - 110 o‘rin, aholi soni bo‘yicha - 73-o‘rin, Xalqaro savdo hajmi bo‘yicha - 15-o‘rin, Valyuta zahirasi bo‘yicha - 6-o‘rin, aholisining kishi boshiga daromadi bo‘yicha - 4-o‘rin. Va faqatgina travmatizm darajasiga ko‘ra dunyoda 1-o‘rin. Siz bu qaysi davlat ekanligini yozib bering.
Javob: Shveytsariya

1030. Qaysi qurol o‘z nomini inglizcha “aylantirmoq” so‘zidan olgan?
Javob: Revolver

1031. Vatikanda joylashgan mashhur Avliyo Pyotr sobori ajoyib arxitektura mo‘jizasi bilan qurilgan ekan. Uning gumbazi o‘rtasida dumaloq teshik bor.Bu joydan soborga quyosh nuri tushib turadi. Ammo, qanchalik g‘alati tuyilmasin, u yerdan bironta ham yomg‘ir yoki qor tomchisi ichkariga tushmas ekan. Bunga sabab nima?
Javob: Sababi o'sha teshikdan doimiy ravishda issiq xavo chiqib turadi. Shuning uchun u yomg'ir va qor tomchilarini qaytaradi va bug'lantirib yuboradi.

1032. Uni tekshirish natijasida har xil diagnozlar qo‘yilgan:
Mikroxirurglar Kurte va Grippo tananing o‘ng qismi atrofeyasi deb tashxis qo‘ygan. Doktor Bent Kristianson faqat yuzi falaj bo‘lgan deb hisoblaydi. Doktor Nakamura esa unda astma borligini aniqlagan. 1961 yil Leo Valla kuchli texnologiyalar asosida tekshirib, uni mongoloid irqiga mansub degan xulosaga kelgan. Ushbu olimlarning “mijozi” kim edi?
Javob: Mona Liza - Jakonda

1033. Yaqinda TNT kanali orqali efirga uzatilgan “Taksi” ko‘rsatuvining 1 sonida “Qiyin savollar” toifasi bo‘yicha berilgan savoldan na’muna:
Savol quyidagicha: “Ishonish qiyin bo‘lsa ham uning ko‘zi ko‘rmas bo‘lgan ekan. Bu to‘g‘rimi?”
Yo‘lovchilar esa uzoq o‘ylab “Ha” deb javob berishdi. Shunda boshlovchi ham “U qanaqasiga ko‘r bo‘lishi mumkin?” deb javob noto‘g‘riligini e’tirof etdi. Agar savolda aytilgan shaxsning millati yapon bo‘lsa, unda menga uning to‘liq ismini va kasbini ayting.
Javob: Akiro Kurasava, rejissyor. ("Dersu Uzala" filmini eslang)

1034. Shveytsariyada nodir va eski kitoblar sotiluvchi magazin mavjud.(bukinistlar magazini) Uning boshqalaridan farqli tomoni kitoblar og‘irligiga qarab sotiladi va narxlanadi. Siz endi menga aytingchi, xaridorlar qanday mahsulotlarni bu magazindan chegirma asosida xarid qilishi mumkin?
Javob: Poetik va she'riy dostonlarni. Sababi ular katta hajmda bo'ladi.

1035. Qilingan ixtirolarning asosiy amaliy maqsadi ko‘pincha tor doirada bo‘ladi. Masalan: Xronometr ixtiro qilinganda dengizchilar faqat aniq uzoqlikni bilish uchun foydalanishgan. Xuddi shunga o‘xshab qanday maqsad uchun ingliz shifokori Jon Flouer sekundni ko‘rsatuvchi strelka ixtiro qilgan?
Javob: Yurak pulsni o'lchash uchun

1036. Xitoyda u boylik ramzi, Misrda o‘lim va ruh ramzi sifatida qarashgan. Gretsiyada esa uni o‘lchov asboblariga tasvirlashgan va u savdoda halollik belgisi bo‘lgan. U xozir bir o‘yinning ramzi. Xo‘sh bu qaysi o‘yin?
Javob: "Nima? Qayerda? Qachon?" o'yinining ramzi. Gap Boyo'g'li haqida ketmoqda.

1037. Mashhur siyosatchi Otto fon Bismark  shunday gap aytgan: Odamlar ovdan keyin, sayr vaqtida va undan oldin ko‘proq yolg‘on gapirishga moyil bo‘ladilar. Savol, nimadan oldin?
Javob: Saylovdan oldin

1038. O O T T F F S S ........
Bu xarflar ro‘yxatida qaysi xarf ortiqcha va nima uchun?
Javob: Birinchi O harfi ortiqcha. Sababi bu ro'yxat ingliz raqamlarining bosh harflari edi. One, Two,Thre, Four, Fife......

1039. Olimpiyada tarixida 100 metrga yugurish bo‘yicha chempionlar ko‘p. Lekin ular orasida 1900 yili chempion bo‘lgan Tomas Berk nomi alohida qayd etilgan. U boshqa sportchilardan farqli o‘laroq u narsani birinchi bo‘lib qo‘llagan va chempion bo‘lgan. Aytingchi Tomas Berkning alohida qayd etilishiga sabab nima?
Javob: U ilk bor quyi startni boshlab bergan, ya'ni tizzalab yugurgan

1040. 1970 yillari SSSRda ishlab chiqarilayotgan konservalarning ustiga ma’lum bir harflar yozib qo‘yilgan. Masalan: “A”, “D‘“ va h.k. Mantiqiy o‘ylagan holda bu harflarning eng oxirgisi qaysi va bu qanday ma’noni bildirishini ayting
Javob: "D" harfi. Bu harflar u konservaning qaysi oyda chiqqanligini bildirgan. 12-harf esa bu "D" harfi.

1041. Bu narsa 1895 yili Syurixlik bir kishi tomonidan ixtiro qilingan. Lekin uning ommaviylashishi sekin davom etgan. Faqatgina  I jahon urushiga kelib uning targ‘iboti keng ko‘lamda bo‘lgan va uning qulayligi urushda o‘z isbotini topgan. Menga gap nima haqida ketayotganligini emas, balki o‘sha ixtirochining ismini ayting.
Javob: King Kemp Jillet. Xavfsiz ustara ixtirochisi

1042. Ularning soni hozirgi zamon olimlari tomonidan 54-58 deb aytiladi. Gap shundaki ularning ko‘rinishlari har xil, hatto ba’zilarining chegarasi yo‘q. Ulug‘ bobomiz Abu Rayxon Beruniy ularning nechtasini bilganini bilmadiku, lekin qadimgi yunonlarga ularning 7 tasi ma’lum bo‘lgan. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Dengizlar. Sargossa dengizining chegarasi yo'q.

1043. Yaponlarda “be” o‘tirmoq degani. Xo‘sh unda “teribe”  qanday tarjima qilinadi?
Javob: Televizor

1044. Sovet haykaltaroshi Kuratov 1 kishining yubileyi uchun uning haykalini yasaydi. Unda o‘sha inson yoniga kuchuk, mushuk, maymun, g‘oz kabi bir necha hayvonlarning ham haykallarini joylashtiradi. Diqqat savol, u kimning haykalini yasagan edi?
Javob: Mashhur masalchi Krilovning haykali

1045. Shimoliy Amerika hindulari uchun u uy, idish-tovoq, qurol, oziq-ovqat, kiyim-kechak vazifani o‘tagan. Savol, u nima?
Javob: Bizon.

1046. 25 litr suvni atigi bir tomchi u bilan bulg‘ash mumkin. U nima?
Javob: Neft

1047. AQShda u  o.k.y., Yaponiyada  y.o.k., bizda esa  k.o.y. ko‘rinishida. Savol, gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Sanalarning yozilishi edi. Bizda kun, oy, yil yoziladi. Ularda esa aksincha

1048. 1958 yili Shvetsiyada bo‘lgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida 16 jamoani guruhlarga bo‘lish uchun qur’a tortish marosimi bo‘lgan. Unda barcha jamoalar hududiy yaqinligidan kelib chiqib 4 guruhga bo‘lingan. Bunda 1-guruh “G‘arbiy Yevropa”, 2-guruh “Sharqiy Yevropa”, 3-guruh  “Amerika” deb nomlangan. Xo‘sh unda oxirgi 4-guruhga qanday nom berilgan edi?
Javob: Buyuk Britaniya. Sababi o'sha yili B.Britaniyaning 4 ta davlati ham chiqishgan edi.

1049. Yunon faylasufi Demokritning bir gapi bor: Agarda kimga yaxshi kuyov uchrasa unda u o‘g‘illi bo‘ladi. Agar yomon kuyov uchrasa…  Jumlani to‘diring.
Javob: Qizingdan ayrilasan

1050. Sigir - 4, cho‘chqa - 8, tipratikan - 10, yaguar - 11, ko‘rshapalak - 20. Xo‘sh, bu ko‘rsatkich insonda o‘rtacha nechaga teng?
Javob: 7-8 soat. Gap uxlash haqida ketmoqda

1051. Bu ro‘yxat boshida  Indoneziya turadi. 2-o‘rinda Yaponiya. 3-o‘rinda 2000 yilgacha Buyuk Britaniya turgan. Xozir Filippin 3-o‘ringa ko‘tarilib olgan. Savol, bu ro‘yxat nimaga qarab tuzilgan?
Javob: Orollar soni bo'yicha

1052. Narshaxiyning ma’lumotiga ko‘ra arablar istilo qilgan hudud aholisi arablardan moddiy manfaatdor bo‘lishgan. Arablar mazkur hudud aholisiga bir ishlari uchun 2 dirxamdan berishgan. Qanday ish evaziga?
Javob: Namoz o'qigani kelgani uchun.

1053. Turklar uni “shayton ovozi”, nemis dengizchilari “musson shamoli”, inglizlar “eng baxtsiz kishilar ovozi” deya ta’riflashgan. Bizda ham bu narsa yaxshilikka olib kelmaydi degan aqida bor. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Hushtak

1054. Ularning birinchisi yevrey, keyingilari yunon, italyan, fransuz, ingliz, portugal, ispan. Menga bularning xozirgisi va undan oldingisini nomma-nom ayting.
Javob: Gap Rim Papalari haqida edi. Xozirgisi Benidikt XVI, oldingisi Ioan Pavel II

1055.  1751 yili Angliyadagi bir reformadan ko‘chilik norozi bo‘lgan. Ular mazkur islohat tashkilotchisi bo‘lgan lordning uyiga borib “Bizning 2,5 …mizni qaytaring” deya aytishgan. Ular nimasini qaytarishni talab qilishgan va bu qanday islohat edi?
Javob: Ular Grigoriy kalendariga o'tgan va o'shanda sana 17 fevraldan 1 mayga o'tgan.

1056. AQShda har bir shtatning o‘z “Tayms”i bor. Masal, “New York Tayms”, “Los-Angeles Tayms” va h.k. Unda aytingchi “Tundra Tayms” gazetasi qayerdan chiqadi?
Javob: Alyaska

1057. Yevropa politsiyasi bronjeletni ekstremestik harakatlarda, ish tashlashlar vaqtida va har hafta bir joyga borganda kiyishadi. Savol, yana qayerga borganda ular bronjelet kiyib olishadi?
Javob: Futbol uchrashuvlariga

1058. XV asrda Parij shahri 3 qismga bo‘lingan. 1 - Sobor, 2 - Luvr. 3-qism qanday nomlangan?
Javob: Sarbonna

1059. 85 yoshdagi mashhur Akademik uylanmoqda. U o‘z to‘yida qadah so‘zi aytmoqda: “Sevgi misoli ummon. Men uningsiz yasholmayman. Uni sevdim va bundan uyalmayman”. Bu kimning to‘yi edi?
Javob: Jak Iv Kusto

1060. Amerika shifokorlari televizorning insonlarga salbiy ta’siri to‘g‘risida tajribalar o‘tkazdi. Ularning aniqlashicha televizor yonida ko‘p o‘tirish ko‘z kasalliklarini keltirib chiqara ekan. Ular bu holat yana bir mintaqaga xos bo‘lgan kasallikni keltirib chiqarmoqda deya ma’lumot berishdi. Bu qanday kasallik?
Javob: Semizlik

1061. 1996-yilning Fevral oyida "USA Today" degan gazeta bir insonni portretini "Insoniyat uchun turib bera oladimi?"  degan sarlavha bilan bosib chiqardi. Savol, kimning portreti chop etilgan edi?
Javob: Garri Kasparov. U o'sha yili kompyuterga qarshi o'ynagan

1062. Bu kompaniya Toyota, Adidas, Microsoft kabi uzoq tarihga ega bo'lmasada dunyo bozorining 70% ini egalladi. U faoliyatini 15000 dan ortiq ishchi yordamida 115 tilda va hozirga kelib 8 mlrd. hamkor bilan olib boradi. Uning mahsuloti butun sayyorani ko'rishga yordam beradi. Qaysi kompaniya to'g'risida gap ketayapti?
Javob: Google

1063. Stiven Frayning bir hazili bor, 50 yoshda vafot etgan Gabriel, o'zini 122 yoshda deb hisoblagan, :-)) savol, Gabrielning familiyasi nima edi?
Javob: Farengeyt. Sababi Farengeyt shkalasi bo'yicha 50 Selsiy daraja (C) 122 ga teng.

1064. Fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo, bir kitob yozdi va ingliz tiliga tarjima qildirib Britaniyaga sotuvga qo'ydi, biroz vaqt o‘tgach, sotuv qanday ketayotganini tekshirish maqsadida kitob sotuvchiga xat yozdi va o'z xatida sotuvchining intellektual salohiyatini ham tekshirib ko‘rmoqchi bo'ldi, xatni kod orqali yozdi, shundan keyin kitob sotuvchi ham Viktor Gyugodan qolishmagan holda, kitobning juda yaxshi sotilayotganini aytib javobini kodli tarzda qaytardi, uning xati birgina "!" belgisidan iborat edi. Viktor Gyugoning xati qanday bo‘lgan?
Javob: "?"

1065. Dunyoning turli shaharlarida har xil adabiy qahramonlarga o‘rnatilgan haykallarni uchratish mumkin. Mamlakatimizdagi bir shaharda esa Alisher Navoiyning “Hamsa” sidagi qahramonlardan biriga o‘rnatilgan haykalni ko‘rish mumkin. Men sizdan u qaysi shahar ekanligini so‘ramayman, siz menga o‘sha adabiy qahramonning ismini ayting.
Javob: Farhod.

1066. Dunyoda hech qaysi “botqoqlik” uchalik mashhur bo‘lmagan. Uning uzunligi 74 km, 1300 m gacha, havzasining maydoni 5 ming km2. Ushbu “botqoqlik”dagi 42 ta orolda dunyodagi eng go‘zal shaharlardan biri joylashgan. Qaysi shahar?
Javob: Sankt-Peterburg. Neva-fincha botqoqlik degani.

1067. O‘zbek tilida turli boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlar ko‘p ishlatiladi. Shulardan biri frantsuz tilidagi abonner ya’ni yozilmoq so‘zidan olingan. Bu so‘zni yilda bir marta eslanishini nazarda tutgan holda u nimaga nisbatan amalga oshirilishini ayting.
Javob: Gazeta va jurnallarga.

1068. 1921 yilgacha ishonchli bo‘lgan shahar birdaniga nomini o‘zgartiradi. 1997 yilga kelib o‘z o‘rnini oq qabrga bo‘shatib berdi. Bu voqealarning barchasi qaysi davlatda sodir bo‘ldi?
Javob: Qozog‘iston.

1069. Diqqat savolda tushirib qoldirilgan so‘z bor. 19 asrlarda yashagan qozi Abdunabi Hotifning tamomlanmay qolgan voqeaband dostonida: “Asar yozishdan maqsadim uning oqila, fahmli, ilm va so‘zning qadriga yetadigan donishmand ayol ekanligini ko‘rsatishdir... Tushirib qoldirilgan so‘z vafotidan so‘ng bu iffat sadafining injusi kunlarni hasratu firoq bilan shu tariqa o‘tishini noshukurlik deb bildi.”. Tushirib qoldirilgan so‘zni bitta so‘z bilan yozib bering. 
Javob: Umarxon.   

1070. Odatda biror narsaning sinishi yoki sindirilishi baxtsizlikka yo‘yiladi. Lekin uni sindirish albatta rozilikka, yaxshilikka olib keladi. Nimaning sinishi yaxshi belgi hisoblanadi?
Javob: Non. 

1071. Fransiyaning Bezanson shahrida fotografiya bilan qiziquvchi rassomning oilasida 1862 yili birinchi o‘g‘il tug‘ilganida unga Ogyust deb ism berishadi, oradan ikki yil o‘tib ikkinchi o‘g‘il Lui dunyoga keladi. Ular ulg‘aygach o‘z otalarining familiyasini butun dunyoga mashhur qilishadi. Siz menga o‘sha rassomning familiyasi qanday bo‘lganini ayting.
Javob: Lyumer.

1072. O‘zining san’atdagi ilk qadamlarini u kabutarlarni tasvirlashdan boshlagan, aniqrog‘i o‘z otasi chizgan kabutarlarga oyoqchalar chizib qo‘yishdan boshlagan. Keyinchalik esa mashhur rassom bo‘lib yetishgach, u o‘zining bu qushga bo‘lgan muhabbatini yana bir bor namoyish qildi. Siz gap kim haqida ketayotganini anglagan bo‘lsangiz, u asosan rassomchilikning qaysi yo‘nalishida ijod qilganini yozib bering.
Javob: Kubizm. 

1073. Mashhur yunon haykaltaroshining ismiga hukmdorlik titullaridan birining nomini qo‘shadigan bo‘lsak, mashhur hukmdorning uchinchi o‘g‘lining nomi kelib chiqadi. Siz menga o‘sha mashhur hukmdorning kim ekanligini ayting.
Javob: Amir Temur.  (Miron - shoh)

1074. Balxning janubiy tarafidagi shahar yonida joylashgan otashparastlarning qadimiy butxonasi, 1972 yilda mamlakatimizda vujudga kelgan shaharcha, 1980 yilda tashkil etilgan tuman,  Farg‘ona viloyati Furqat qishlog‘idagi qishloq va oliy liga futbol jamoasi aynan bir hil ataladi. Qanday ataladi?
Javob: Navbahor.

1075. O‘z mahsulotini jahon bozoriga chiqarib sotish oson ish emas va bu ishni hamma ham eplayvermaydi. Lekin bir shaharning aholisi hohlagan paytida o‘z mahsulotini u sifatli bo‘ladimi, sifatsiz bo‘ladimi, jahon standartlariga javob beradimi yo‘qmi baribir jahon bozoriga olib chiqib sotaveradi. Bu qaysi shahar?
Javob: Namangan.

1076. Abumuhammad Ilyos ibn Yusuf ibn Zakiy Muyyad boshlab bergani an’anani keyinchalik boshqalar ham davom ettirganlar. Siz menga uning boshlab bergan an’anasi bilan bog‘liq sonni ayting.
Javob: 5. Yuqoridagi shaxs Nizomiy Ganjaviy.

1077. Mashhur sayyoh D. Livingston uni to‘ntarib qo‘yilgan ulkan sabziga o‘xshatgan. Afrikaliklardagi bir rivoyatda: “Kunlardan birida qudratli tangri undan g‘azablanib, uni sug‘urib olganu, ildizini yuqoriga, shoxini pastga qaratib to‘ntarib yana yerga tiqib qo‘ygan” deyiladi. Bu nima?
Javob: Baobab daraxti.

1078. “Deyli telegraf” gazetasining 1976 yil 29 iyul sonida “Qanday qilib omadsiz bo‘lib, xech narsa qilmaganlik uchun pul olinadi?” sarlavxasi ostida material chop etilgan. Bu maqola kimlar xaqida edi?
Javob: Tilanchilar xaqida.

1079. Hindistonda har oyda ularga ma’lum miqdorda pul to‘lab boriladi. Bundan tashqari, ular bepul tibbiy xizmatdan foydalanishlari mumkin. Ular qarigan paytida ham davlat qaramog‘ida bo‘lishadi. Ular buning uchun davlat bilan shartnoma tuzishadi. Agar ular shartnomani buzishsa,ularni qamoq va jarima jazosi kutadi. Ular kimlar?
Javob: Hech qachon turmush qurmaslikka qaror qilgan insonlar.

1080. Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Z. Tursunxo‘jayevning yozishicha, agar ushbu maqolga amal qilinsa, xosildorlik gektariga 3 tsentnerdan 6 tsentnergacha yuqori bo‘ladi. Bir daqiqadan keyin shu maqolni aytib bering.
Javob: “Yer xaydasang kuz xayda, kuz xaydamasang yuz xayda”.

1081. Kongoda aholi uning 500 tasidan, Indoneziyada 250 tasidan, Sudanda esa 117 tasidan foydalanishadi. U nima?
Javob: Til.

1082. Tijortda raqobatga qarshi uchta qudratli qurol bor: 1. Sifat. 2. Narx. 3-nima?
Javob: Reklama.

1083. U daraxt Markaziy Osiyoda hosiyatli daraxt hisoblangan. Ocharchilik yillarida ham uning pishig‘iga yetganlar tirik qolishgan. U daraxtni kesish baxtsizlik sanalgan. U qanday daraxt?
Javob: Tut daraxti.

1084. O‘tkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” ida shunday yozilgan: “Ikkita eng holis hakam sinovidan o‘tgan asar haqiqiy asardir. Birinchisi tabiiyki, kitobxon. Ikkinchisi nima?
Javob: Vaqt.

1085. Ozod Sharofiddinov aytgan: “Tanqidchi ijod bog‘iga bolta emas, uni ko‘tarib kirishi kerak”. Nimani?
Javob: Tokqaychi.                                   

1086. Ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy bu so‘zning har bir harfiga bir ma’no berganlar. Bu so‘zda ittifoqlik, saodat, latofat, oqibat va muhabbat mujassamlashgandir. Bu qaysi so‘z?
Javob: Islom.

1087. Islandiya poytahti Reykyavikdan 112 km janubi-sharqda Surtsey degan vulkan bor. Bu vulkanning boshqa vulkanlardan farqi bor. Bu farq nimada?
Javob: Bu vulkan dengiz ostidan otilib chiqadi.

1088. Bu daraxt Afrika shimolida shu yerlik xalqning ozuqaga, qurilish materiallariga, qisqasi, kun ko‘rish uchun zarur narsalarga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Sahroi kabirning ayrim viloyatlarida uning mevasi hamon pul vazifasini o‘tab kelmoqda. Bu qaysi meva?
Javob: Xurmo.

1089. Bu ovozni eshitgan qoplon irillashdan, sirtlon uvillashdan to‘xtaydi, maymunlar ayuhannos solib daraxtlarning eng baland shohlariga chiqib ketadi, kiyiklar, ohular yashin tezligida ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi, podada ma’rayotgan qo‘y, echkilarning ovozi o‘chadi, tuyalar arqonini uzib qochadi, otlar oldingi ikki oyog‘ini tik ko‘tarib, og‘ir hansirab, kishnay boshlaydi va zo‘r berib orqasiga tisariladi, itlar dumini qisib egasining pinjiga kiradi. Bu ovozni eshitganda hatto odam ham bezgak tutgandek qaltirab, bekinish uchun joy axtaradi. Bu qanday ovoz?
Javob: Sher na’rasi.

1090. Polineziya orollarida ularga cho‘chqa va toshbaqa go‘shti, tunets balig‘i, tovuq kabi lazzatli taomlar iste’mol qilish man etiladi. Kimlarga nisbatan bunday ta’qiq qo‘llaniladi?
Javob: Ayollarga.

1091. Bu hayvon nomining tarjimasi mahalliy qabilalardan birining tilida “ichmaydi” degan ma’noni bildiradi. Bu hayvon haqiqatdan ham suv ichmaydi. Evkalipt barglari tarkibidagi suv uning uchun kifoya. Bu qaysi hayvon?
Javob: Koala.

1092. Indoneziyaning Bali orolida yashovchi har bir inson umrida uch marotaba ibodatxonaga zambilda keltiriladi: birinchi marta-yigit yoki qiz balog‘atga yetganida, ikkinchi marta-nikoh to‘yida. Uchinchi marta qachon?
Javob: Birinchi o‘g‘il ko‘rganda.       

1093. Vengriyada yangi yilda bayram dasturxoniga turli-tuman taomlar, tamaddilar, ko‘katlar, ko‘p hil noz-ne’matlar tortiladi. Mehmonlar oldiga cho‘chqa bolasi butunligicha keltirib qo‘yiladi. Lekin dasturxonga bir turkum taomlargina qo‘yilmaydi. Qanday taomlar?
Javob: Parranda go‘shti.

1094. Bu moslamani  ilk bor 1670 yilda nemis ustasi Erxard Veygel Ienada turar joy binosida qurgan edi. Keyinchalik uni rivojlantirishda amerikalik muhandis Elishey Otis o‘z hissasini qo‘shdi. Mana salkam 340 yilki u insoniyatga beminnat xizmat qilib kelmoqda. U nima?
Javob: Lift.

1095. Bu daho yaratgan ixtirosini stol ustiga qo‘yib o‘rinbosari Jon Kruezining diqqatini jalb qiladi va ixtirosining “shoxchasi”ga qarab “Merining qo‘zichoqlari bor edi” deb qichqiradi. Keyin nima ro‘y berganini bilgan bo‘lsangiz, menga kashfiyotchini emas, uning ixtirosi nima ekanligini ayting.
Javob: Fonograf (Tomas Edison ovozini yozib olgach apparat uni qaytaradi)

1096. 1912 yil 13 noyabr Namanganning Chuqur ko‘cha dahasida yashovchi Mamatxo‘ja va Xolambibilarning oilasida dunyoga kelgan o‘gil farzandga tegishli Kemerova viloyati ichki ishlar boshqarmasida saqlanayotgan “delo”ning 91-betini o‘qiyman:
“Mahbus 1944 yil 9 mart kuni soat 14:00 da o‘pka sili 2-darajali pellogra va yurak quvvatsizligi natijasida 3-statsionarda vafot etdi.”
Bu kim edi?
Javob: Usmon Nosir

1097. Rossiya, Qozog‘iston, Mug‘uliston, Qirg‘iziston, Shimoliy Koreya, Tojikiston, Vetnam, Afg‘oniston, Makao, Pokiston, Laos, Nepal, Myanma, Butan. Agar bu davlatlarni nima birlashtirib turganini aniqlagan bo‘lsangiz men aytmagan yana bir davlatni topishingiz kerak.
Javob: Hindiston (Barchasi Xitoy bilan chegaradosh)

1098. Qo‘l yozmadan na’muna keltiraman:
“Agar kraxmallangan matodan tikilgan vintli qurilma ish bersa v tez aylansa, u havoda tirgak xosil qiladi hamda bulutlar orasiga  ko‘tariladi.”
Menga qo‘l yozma muallifini va ta’riflangan chizma nimaning ajdodi ekanligini ayting.
Javob: Leonardo Da Vinchi, vertalyot

1099. Dunyoda uning 600 dan ortiq turi mavjud. Nima uchundir uni ishlab chiqaruvchi dastlabki fabrika Italiyada emas, balki 1848 yili Nyu-Yorkdagi Bruklin shahrida Antoini Segera tomonidan ochilgan. Gap nima haqida ketayotganligini topgan bo‘lsangiz, u sifatli bo‘lishi uchun tarkibida nima kamida 5.5% ni tashkil etishi kerak?
Javob: Tuxum (Gap Makaron haqida bormoqda)

1100. Qo‘lsiz oyoqsiz eshik ochar. Bu shamol ekanligi hammamizga yoshlikdan ma’lum. Ammo Ginnesning Rekordlar kitobiga kirgan Litvalik Antanas Kontrimas 2001 yili 11 martida 59 kg.li qizchani 10,93 soniya qo‘l-oyoqsiz qanday qilib ko‘tarib turganligini aytinchi?
Javob: Soqoli bilan.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.