Sotsiologik tadqiqotlar natijasiga ko'ra, II jahon urushidan keyin AQShni boshqargan prezidentlar ichida Jorj Bush "AQShning eng yomon prezidenti" nomini qo'lga kiritib, uning reyting 34 %ga tushib ketdi. 5 yil avval esa aynan shu prezident mamlakat tarixida o'tkazilgan eng katta ommaviy so'rovda eng yuqori reytingni ko'rsatgandi.
2001 yil 11 sentabr teraktlaridan so'ng Jorj Bushni 86-96 % AQSh aholisi qo'llab-quvvatlagandi. "Eng yomon"lar reytingida ikkinchi o'rin Richard Niksonga nasib qildi. Uni 17 % respondentlar "AQSHning eng yomon prezidenti"ligiga tavsiya etishdi.
Uchinchi o'rinni Bill Klinton egalladi (16 %). Eng qizig'i shundaki, ayni paytda "Eng yaxshi prezidentlar" reytingida 25 % respondent ovozi bilan Klinton ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
№ | Prezident | % |
---|---|---|
1 | Jorj Bush | 34 |
2 | Richard Nikson | 17 |
3 | Bill Klinton | 16 |