OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Dunyoning eng aqlli, intellektual kishilari – Foreign Policy 2008

Buyuk Britaniyada chop etiluvchi Prospect jurnali hamda AQShning rasmiy nashri Foreign Policy jurnallari tomonidan dunyoning eng aqlli, intellektual kishilarini aniqlash maqsadida o'tkazilgan so'rovnoma natijalari e'lon qilindi. So'rovda 500000 dan ortiq kishi ishtirok etgan. Eng aqllilar ro'yxtining dastlabki 10 pog'onasini musulmon olimlari egallashgan.

Buyuk Britaniyaning Guardian gazetasi yozishicha, shu kungacha ko‘pchilikka noma'lum bo‘lgan turkiyalik musulmon olimi Fathulloh Gulen dunyoning 100 ta yetakchi mutafakkirlarini aniqlash borasida o‘tkazilgan so‘rovda marraning eng yuqori pog‘onasini egalladi. 60 dan ortiq asar muallifi Gulen Britaniyada chop etiluvchi bu so‘rovda kutilmaganda g‘olib bo‘ldi. Eng qizig‘i, dunyoning 100 ta yetakchisi nomini aniqlash borasida o‘tkazilgan mazkur so‘rovning eng yuqori 10 ta pog‘onasining barini musulmonlar egallagan. Ular orasida 2 ta Nobel mukofoti sovrindorlari ham bor: turkiyalik romannavis Orhan Pamuk ro‘yxatning 4-pog‘onasida turgan bo‘lsa, eronlik inson huquqlari bo‘yicha yurist Shirin Ibodi 10-o‘rinni zabt etgan.

Kutilmagan natijalar so‘rov tashkilotchilarini karaxt qilib qo‘ydi. Ular Gulenning muvaffaqiyatini so‘rov Turkiyaning "Zaman" (Zaman) gazetasida ham chop etilgani va Gulen tarafdorlari bu borada faol ishtirok etganliklari bilan izohlamoqdalar. Prospect jurnali muharriri Devid Guxart (David Goohart) shu kungacha Gulen nomini ham eshitmaganini ta'kidladi. Uning fikricha, Gulen tarafdorlari so‘rovni "o‘yin" qilib yuborishgan. "Zaman" (Zaman)gazetasi bosh muharriri Bulent Kenes esa dunyo osoyishtaligiga sabab bo‘luvchi Gulenning o‘zaro suhbat va bag‘rikenglik ruhidagi g‘oyalari bugun butun dunyo kishilari tomonidan keng targ‘ib qilinayotganligini ma'lum qildi.

Ro‘yxatning 12 pog‘onasida mashhur amerikalik siyosatdon Nobel mukofoti sohibi Albert Gor, 18-o‘rinda shaxmat qiroli Gari Kasparov, 32-pog‘onasida esa Rim papasi Benedikt XVI kabi mashhur shaxslar bor.

Reytingda quyodagi soha vakillari eng ko'p ovoz olishgan:  siyosatchi olimlar, iqtisodchilar, faylasuflar, fan olimlari, jurnalistlar, yozuvchilar, siyosiy yetakchilar, tarixchilar, jamiyat faollari, diniy arboblar, jamiyatshunoslar.

100 talikka kirgan intellektuallarni mintaqalar bo'yicha taqsimlasak, Shimoliy Amerika birinchi o'rinda (36 nafar), Yevropa ikkinchi o'rinda (30 nafar), Osiyo esa uchinchi o'rinda (12 nafar)dir. Shuningdek, ro'yxatdan 11 nafar Yaqin Sharq, 4 nafar Afrika, 4 nafar Lotin Amerikasi va 3 nafar Janubi-sharqiy Osiyo va Okeniya mintaqasi vakillari o'rin olgan.

Jahoning eng intellektual kishilari ro’yxati 

1. Fethullah Gülen (Turkiyalik diniy rahnamo)
2. Muhammad Yunus (Bangladeshlik moliyachi)
3. Yusuf Al-Qaradawi (Misr/Qatarlik islomiy olim)
4. Orhan Pamuk (Turkiyalik yozuvchi)
5. Aitzaz Ahsan (Pokistonlik siyosatchi va huquqshunos)
6. Amr Khaled (Misrlik diniy arbob)
7. Abdolkarim Soroush (Eronlik diniy arbob)
8. Tariq Ramadan (Shveysariyalik faylasuf, Islom olimi)
9. Mahmood Mamdani (Ugandalik antrapolog)
10. Shirin Ebadi (Eronlik huquqshunos, inson huquqlari faoli)
11. Noam Chomsky (AQShlik lingvist)
12. Al Gore (AQShlik siyosatchi)
13. Bernard Lewis (Britaniya/Aqshlik tarixchi)
14. Umberto Eco (Italiyalik yozuvchi, semiolog)
15. Ayaan Hirsi Ali  (Somali/Niderlandiyalik siyosatchi)
16. Amartya Sen (Hindistonlik iqtisodchi)
17. Fareed Zakaria (AQShlik jurnalist, adib)
18. Garry Kasparov (Rossiyalik democrat, shaxmatchi)
19. Richard Dawkins (Britaniyalik biolog, adib)
20. Mario Vargas Llosa (Perulik yozuvci, siyosatchi)
21. Lee Smolin (AQSh/Kanadalik fizik)
22. Jürgen Habermas (Germaniyalik faylasuf)
23. Salman Rushdie (Britaniyalik yozuvchi)
24. Sari Nusseibeh (Falastinlik diplomat)
25. Slavoj Zizek  (Sloveniyalik sotsiolog)
26. Vaclav Havel (Chexiyalik davlat arbobi)
27. Christopher Hitchens (Britaniya/AQShlik jurnalist)
28. Samuel Huntington (AQShlik siyosatchi olim)
29. Peter Singer (Avstraliyalik faylasuf)
30. Paul Krugman (AQShlik iqtisodchi)
31. Jared Diamond (AQShlik biolog, tarixchi)
32. Pope Benedict XVI (Germaniya/Vatikanlik diniy rahnamo, Rim papasi)
33. Fan Gang (Xitoylik iqtisodchi)
34. Michael Ignatieff (Kanadalik siyosatchi)
35. Fernando Henrique Cardoso (Braziliyalik siyosatchi, adib)
36. Lilia Shevtsova (Rossiyalik siyosatchi olim)
37. Charles Taylor (Kanadalik faylasuf)
38. Martin Wolf (Britaniyalik jurnalist)
39. E.O. Wilson (AQShlik biolog)
40. Thomas Friedman (AQShlik jurnalist)
41. Bjørn Lomborg (Daniyalik statist)
42. Daniel Dennett (AQShlik faylasuf)
43. Francis Fukuyama (AQShlik faylasuf)
44. Ramachandra Guha (Hindistonlik tarixchi)
45. Tony Judt (Britaniyalik tarixchi)
46. Steven Levitt (AQShlik iqtisodchi)
47. Nouriel Roubini (Italiya/AQShlik iqtisodchi)
48. Jeffrey Sachs (AQShlik iqtisodchi)
49. Wang Hui (Xitoylik siyosatchi)
50. V.S. Ramachandran (Hindistonlik neyroxirurg)
51. Drew Gilpin Faust (AQShlik tarixchi)
52. Lawrence Lessig (AQShlik huquq himoyachisi)
53. J.M. Coetzee (Janubiy Afrikalik yozuvchi)
54. Fernando Savater (Ispaniyalik faylasuf)
55. Wole Soyinka (Niferiyalik dramaturg)
56. Yan Xuetong (Xitoylik siyosatchi olim)
57. Steven Pinker (Kanada/AQShlik lingvist, psixolog)
58. Alma Guillermoprieto (Meksikalik jurnalist, adib)
59. Sunita Narain (Hindistonlik jamiyatshunos)
60. Anies Baswedan (Indoneziyalik universitet rektori, siyosiy sharhlovchi)
61. Michael Walzer (AQShlik siyosatchi olim) 
62. Niall Ferguson (Britaniyalik tarixchi)
63. George Ayittey (Ganalik iqtisodchi)
64. Ashis Nandy (Hindistonlik siyosiy psixolog)
65. David Petraeus (AQShlik harbiy arbob)
66. Olivier Roy (Fransiyalik siyosatchi olim)
67. Lawrence Summers (AQShlik iqtisodchi)
68. Martha Nussbaum (AQShlik faylasuf)
69. Robert Kagan (AQShlik siyosiy sharhlovchi)
70. James Lovelock (Britaniyalik olim)
71. J. Craig Venter (AQShlik biolog)
72. Amos Oz (Isroillik yozuvchi, jurnalist)
73. Samantha Power (AQShlik jurnalist)
74. Lee Kuan Yew (Singapurlik siyosatchi)
75. Hu Shuli (Xitoylik jurnalist)
76. Kwame Anthony Appiah (Gana/AQShlik faylasuf)
77. Malcolm Gladwell (Kanada/AQShlik sotsiolog, jurnalist)
78. Alexander De Waal (Britaniyalik yozuvchi)
79. Gianni Riotta (Italiyalik jurnalist, siyosiy sharhlovchi)
80. Daniel Barenboim (Isroillik pianist, tinchlikparvarlik faollaridan)
81. Thérèse Delpech (Fransiyalik siyosatchi olim)
82. William Easterly (AQShlik iqtisodchi)
83. Minxin Pei (Xitoylik siyosatchi olim)
84. Richard Posner (AQShlik sudya)
85. Ivan Krastev (Bolgariyalik siyosatchi olim)
86. Enrique Krauze (Meksikalik tarixchi)
87. Anne Applebaum (AQShnlik jurnalist va tarixchi)
88. Rem Koolhaas (Niderlandiyalik arxitektor)
89. Jacques Attali (Fransiyalik iqtisodchi va yozuvchi)
90. Paul Collier (Britaniyalik iqtisodchi)
91. Esther Duflo (Fransiyalik iqtisodchi)
92. Michael Spence (AQShlik iqtisodchi)
93. Robert Putnam (AQShlik siyosatchi olim)
94. Harold Varmus (AQShlik shifokor olim)
95. Howard Gardner (AQShlik psixolog, adib)
96. Daniel Kahneman (Isroil/AQShlik psixolog)
97. Yegor Gaidar (Rossiyalik iqtisodchi, siyosatchi)
98. Neil Gershenfeld (AQShlik fizik)
99. Alain Finkielkraut (Fransiyalik publisist)
100. Ian Buruma (Britaniya/Niderlansiyalik publisist)

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.