OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Gollivudning eng boy o'spirin aktorlari - Forbes 2007

Amerikaning Forbes jurnali Gollivudning voyaga yetmagan eng boy o'spirin-aktorlari reytingini e'lon qildi. Reytingni mashhur kino-egizaklar Meri Keyt va Eshli Olsen boshqarib turibdi. Ular 2006 yili 40 million dollar daromad qilganlar. Shuningdek ular dunyoning eng boy ayollari reytingida ham munosib o'rin egalladilar. 
Garri Potter rolini qoyilmaqom qilib ijro etgan britaniyalik aktor Daniel Redkliff 2006 yilda "Garri Potter va Feniks ordeni" filmi uchun 13 million dollar ishlagan va reytingda ikkinchi o'rinni egallagan. Redkliff 2006 yili Buyuk Britaniyaning eng boy o'spirini deb e'lon qilingan edi.

20 yoshli janjalkash Lindsi Loxan reytingning 3-o'rnini band etgan. Garchi narkologik klinikada davolanib chiqqan bo'lsa-da, u 6 million dollar to'plashga muvaffaq bo'lgan.

4-o'rin "Dunyolar jangi" jangi qahramoni, 8 yoshli Dakota Fenningga nasib etdi. U "Hounddog" filmidagi roli uchun 4 million dollar olgan.

20 yoshli Amanda Bayns o'tgan yili suratga olingan "U erkak" filmidagi roli uchun 2,5 millon dollar olgan. U ro'yxatning 5-o'rnida turibdi.

NBCning "Qahramonlar" fantastik serialida o'ynagan Xayden Panettyeri 2 million dollar bilan 6-o'rin egasi bo'ldi.

"Oliy musiqa maktabi" muqisiy realiti-shousining 18 yoshli yulduzi Vanessa Enn Xadgens 2 million dollar bilan 7-o'rinni egalladi.

21 yoshdan kichiklar ro'yxatida 8 yoshli Ebigeyl Breslin 8-o'rinda turibdi. U "Baxtning kichik go'zali" filmidagi roli uchun "Oskar" olgan va 1,5 million dollar egasi bo'lgan.

"Hamma Krisni yomon ko'radi" komedik serialida rol ijro etgan Tayler Jeyms Uilyams 2006 yilda 1,2 million dollar ishlab, Forbes reytingida 9-o'rinni egalladi.

Gollivudning eng boy o'spirin aktorlari

1. Meri-Keyt va Eshli Olsen 
2. Deniel Redkliff 
3. Lindsi Loxan
4. Dakota Fenning
5. Amanda Bayns
6. Xayden Panetteri
7. Vanessa Enn Xadgens
8. Ebigeyl Breslin
9. Tayler Djeyms Uilyams

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.