OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Ibrohim G‘afurov. XX asrning eng yaxshi asarlari

Ibrohim G‘afurov — munaqqid, tarjimon va yozuvchi.

1. XX asr jahon adabiyotining 10 eng yaxshi asari deb qaysi asarlarni tilga olasiz?

1. Chingiz Aytmatov. «Sohil bo‘ylab chopayotgan Olapar» (roman).
2. Aleksandr Soljenitsin. «GULAG arxipelagi» (roman).
3. Gabriel Garsia Markes. «Buzrukning kuzi» (roman).
4. Mixail Bulgakov. «Usta va Margarita» (roman).
5. Ernest Xeminguey. «Chol va dengiz» (qissa).
6. Rabindranat Tagor. «Xonadon va jahon» (roman), «So‘nggi doston» (roman).
7. Frants Kafka. «Jarayon» (roman), «Qo‘rg‘on» (roman).
8. Jeyms Joys. «Uliss» (roman), «Musavvirning yoshlikdagi shamoili» (roman).
9. Marsel Prust. «Yo‘qotilgan vaqtni qidirib» (turkum romanlar).
10. Yasunari Kavabata. «Tog‘ nidosi» («Ston gorы»), «Ko‘hna poytaxt» romanlari.

2. XX asr o‘zbek adabiyotidagi eng yaxshi 10 asarni tilga oling.

1. Abdulla Qodiriy. «O‘tkan kunlar» (roman), «Mehrobdan chayon» (roman).
2. Abdurauf Fitrat. «Munozara» (risola).
3. Cho‘lpon. «Kecha va kunduz» (roman).
4. G‘afur G‘ulom. «Sen yetim emassan», «Men yahudiy», «Vaqt» she’rlari.
5. Abdulla Qahhor. «O‘tmishdan ertaklar» (qissa).
6. Hamid Olimjon. «O‘rik gullaganda» (she’r).
7. Zulfiya. «Mushoira» (she’r).
8. Erkin Vohidov. «O‘zbegim» (qasida), «Ruhlar isyoni» (doston).
9. Abdulla Oripov. «O‘zbekiston», «Armaniston», «Yurtim shamoli» she’rlari.
10. Murod Muhammad Do‘st. «Lolazor» romani.

Shu bilan birga, Said Ahmadning «Kelinlar qo‘zg‘oloni», O‘tkir Hoshimovning «Ikki eshik orasi», Ne’mat Aminovning «Yelvizak», Odil Yoqubovning «Ulug‘bek xazinasi», Usmon Nosirning «Yurak», Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar» asarlari XX asr o‘zbek adabiyotida sezilarli iz qoldirdi.

Manba: «Hurriyat» gazetasi, 1999 yil, 12-18 may soni.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.