OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Alber Kamyu «kundaliklar»idan

http://ziyouz.com/images/stories/alber_kamu.jpgErkinlik, bu — yolg‘on gapirmaslik huquqidir.

* * *

Nega men san’atkorman, faylasuf emasman? Chunki men g‘oyalar orqali emas, so‘zlar vositasida fikrlayman. 

* * *

Hayotning buyuk savoli — odamlar orasida qanday yashash.

* * *

Tragediya.
L.: Dunyoni qayta yaratish — arzimas vazifa.
S.: Dunyoni emas, odamni qayta yaratish darkor.

* * *

Faqat obrazlar orqali tafakkur qilish mumkin. Agar faylasuf bo‘lishni xohlasang, romanlar yoz.

* * *

Grenye kommunizm haqida: “Adolat idealini deb bema’niliklarga rozi bo‘lish kerakmi”. “Ha”, deb javob berish mumkin, bu — go‘zal. “Yo‘q”, deb ham javob berish mumkin, bu — vijdonan bo‘ladi. — Butun masala ana shunda.” 

* * *

Erkin matbuot yaxshi ham, yomon ham bo‘lishi mumkin. Erksiz matbuot faqat yomon bo‘ladi.

* * *

Kamdan-kam odam san’atni anglashga qodir.

* * * 

Yozish — minnatsiz yumush demakdir.

* * *

Manu qonuni:
“Ayolning dudog‘i, yosh qizning ko‘ksi, go‘dakning duosi, qurbonlik olovi hamisha pokiza”.

* * *

O‘limda o‘yin va qahramonlik o‘zining haqiqiy ma’nosiga ega bo‘ladi.

* * *

(1936), mart.
Mening shodligim chegarasiz.

* * *

31    Mart.
Menda shunday tuyg‘u borki, go‘yo men bir maromda tubanlikdan ko‘tarilayotgandekman...

* * *

May.
Jazoirda kun og‘ayotganda ayollar naqadar go‘zal.

* * *

Ayolning ayovli va sipo do‘stligi.

* * *

XX asrning eng kuchli ehtirosi — malaylikdir.

* * *

Eng xavfli yo‘ldan ozish: hech kimga o‘xshamaslik.

* * *

Men hech narsadan ko‘z yummaslikni afzal bilaman.

* * *

Hamisha haq bo‘lishga intilish — aqlning tarbiya topmaganligi belgisidir.

* * *

Har qanday odamning hayotida buyuk tuyg‘ular kam, mayda hislar ko‘p bo‘ladi...

* * *

Ha, mening vatanim bor: fransuz tili.

Rus tilidan Mahmud Sa’diy tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.