Ayyorlik — juda chegaralangan kishilarning fikrlash tarzi bo‘lib, bu fikrning zohiri bilan botini mutlaqo turlichadir.
I. KANT
Muttasil ayyorlik qiliga fikran cheklantanlik belgisidir va deyarli hammavaqt bir yerda ayyorlik qilaman degan odam boshqa joyda o‘zini oshkor otadi.
F. LAROSHFUKO
Ayyorlik g‘irt aqlsizlikdir: o‘z maqsadiga to‘g‘ri yo‘l bilan erisholmagan odam unga yolg‘on-yashiq, ogri yo‘l bilan erigaishga urinadi; ayyorlikning fojiasi shundaki, u bir marta bilinmaydi, ammo keyin hammavaqt otning qashqasidek ko‘rinib turadi.
J. LOKK
Tulkidek ayyorlik insonga yotdir. Mayda chaqa bo‘lish uyat, isnoddir.
ARISTOFAN
Virovdan ayyorroq bo‘lish mumkinu, lekin hammaga ayyorlik qilib bo‘lmaydi.
F. LAROSHFUKO
O’taketgan ayyor odamlar ko‘pincha dog‘da qoladilar, chunki ular boshqalarni aqlliroq, to‘g‘rirog‘i, ayyorroq deb o‘ylab, ortiqcha harakat qilib qo‘yadilar.
G. FILDING
Odam birovlarni aldayapman, deya o‘ylayotgan paytida o‘zi osongina aldanib qoladi.
I. KOZELSKIY
Aldanishning sinalgan yo‘li o‘zingni boshqalardan ayyorroq deb hisoblashingdir.
F. LAROSHFUKO
Men, doimo aldamchi pirovard natijada o‘zini aldaydi, deb takrorlaganman va yana tak-rorlayveraman.
M. GANDI
O’z ayyorligini yashira oladi gan ayyor hali shu paytgacha tug‘ilmagan.
J. LOKK
Hayotda shunday holatlar bo‘ladiki, soddalpk va oshkoralik eng nozik ayyorlikka aylanadi.
J. LABRUYER
Ayyorlik bilan firibgarlikning orasi — bir qadam, birinchisidan ikkinchisiga o‘tish juda oson: ayyorlikka yolgon qo‘shilsa, tap-tayyor firibgarlikdir.
J. LABRUYER