Yashash uchun biron-bir ishni bilmoq kerak.
M. GORKIY
Odamning nima qilayotganiga qarab uning kimligini aytib bersa bo‘ladi.
G. GEGEL
Kishining qalbi uning qilgan ishlarida aks etadi.
G. IBSEN
Xar qanday odamga uning qilgan ishlarigya qarab baho berish kerak.
M. SERVANTES
Har birimiz — o‘z ishlarimizning farzandimiz.
M. SERVANTES
Haykalni ko‘rinishi, odamni esa qilgan ishlari bezaydi.
PIFAGOR
Inson umr bo‘yi biron-bir ish qilishi kerak — umr bo‘yi!
M. GORKIY
O‘zingni ayama, bu yer yuzidagi eng tanti, eng go‘zal donishmandlikdir. Yashasin o‘zini ayamaydigan inson.
M. GORKIY
Ertaga nima ish qilishini bilmaydigan odam baxtsizdir.
M. GORKIY
Bu kungi ishni tonglag‘a qo‘maslar.
A. NAVOIY
Ishlaringni tezroq bajar, yer yuzida hali qilinadigan ishlar ko‘p.
K. SETKIN
Inson o‘z kuchini qayta tiklamoq maqsadidagina tungi hordiq uchun to‘xtamog‘i darkor. To‘xtab qolgan hayot esa o‘lim bilan barobar.
R. ROLLAN
Gar faollik ko‘rsatmasangiz,
Ne naf aql xazinasidan.
Sh. RUSTAVELI
Ertalab o‘rningdan turib o‘zingdan: «Nima ish qilishim kerak?», kechqurun yotishdan oldin esa: «Nima ish qildim?» — deya so‘ra.
PIFAGOR
Har bir kishi asosan qo‘lidan keladigan va o‘ziga yarashadigan ishga urinishi zarur.
ARASTU
Qilayotgan ishingizga yurak qo‘ringizni qo‘shing, lekin avvalo uning ezgu ish ekanligiga ishonch hosil qiling.
J. RESKIN
O‘zingizdan: «Jiddiy ish bilan shug‘ullanyapmanmi yoki bo‘lmag‘ur ish bilanmi?» — deb so‘rashingiz hech qachon kechmas.
A. P. CHEXOV
Kishi o‘zining va jismoniy hayotida va na ijtimoiy hayotida qo‘lidan kelmaydigan ishga qo‘l urmasligi kerak.
N. SHAMFOR
Hamma ishni birdaniga bajarishga urinish — hech narsa qilmaslik bilan bab-barobar.
G. LIXTENBERG
Hali u ishga, hali bu ishga urinish — o‘ziga-o‘zi suiqasd qilish demakdir.
Sh. GUNO
Ikki kishi ayni bir ishni qilsa, undan hech narsa chiqmaydi.
TERENSIY
Ishda oshiqqan ko‘p toyilur,
Ko‘p toyilg‘on ko‘p yiqilur.
A. NAVOIY
Biz hammamiz, afsuski, hamma ishga ham bir xilda yaroqli emasmiz.
PROPERSIY
Qurbi kelmagan ishga uringan — Nasibasiz, baxtadan suringan.
N. XISRAV
Qo‘lidan keladigan ishga emas, o‘zi tushunmaydigan ishga qo‘l urgan kishi baxtsizdir.
I. GYOTE
Qurbing yetmagan ishga urinish bema’nilikdir. Ishni buzasanda, rasvosi chiqadi.
N. G. CHERNISHEVSKIY
Tug‘ilishdan nimagaki bo‘lsang qodir,
Shuni qilgil, sening uchun shu ish nodir.
I. A. KRILOV
Iqtidoring yetmagan ishni qilma,
Sababsiz o‘zingni donishmand bilma.
N. XISRAV
Ish — qaysar va kuchli hayvondek gap, uni ustalik bilan boshqarish kerak, jilovini yaxshi tutmasang, seni yengib qo‘yadi.
M. GORKIY
Agar sen nimadir qilayotgan bo‘lsang, yaxshilab bajar. Yaxshi bajarish qo‘lingdan kelmasa yoki xohlamasang, yaxshisi, u ishni yig‘ishtirib qo‘y.
L. N. TOLSTOY
...Shaxs nima ish qilayotgani bilangina emas, balki shu ishni qanday bajarayotgani bilan ham xarakterlanadi...
F. ENGELS
Ikki bora qilingan ish puxta bo‘ladi.
J. XAUELL
O‘n bora ko‘p ish qilgandan ko‘ra bittagina ishni tobiga yetkazgan ma’qul.
ARASTU
Ish mehr bilan bajarilgan taqdirdagina uni yaxshi ish deb baholash mumkin.
J. RESKIN
Ishni muhim deb bilsang, uni to‘g‘ri bajarasan.
PLAVT
Har qanday ishni yaxshi ado etmoq uchun uni sevish kerak.
M. GORKIY
Haqiqiy ehtiros va mehr bo‘lmasa, har qanday ish ham yurishmaydi.
I. P. PAVLOV
Agarda xohish bo‘lmasa har qanday ish ham og‘ir, samarali chiqishi va muhimligiga to‘la ishonib kirishgan har qanday ishimiz esa yengil ko‘chadi.
G. V. PLEXANOV
Deyarli hamma ishda eng qiyini boshlab olishdir.
J.J. RUSSO
Ishni yaxshi boshlasang — yarmini bajardim deyaver.
AFLOTUN
Ishning boshi — ishning yarmidan ham ko‘proq.
ARASTU
Nimadir qilish uchun unchalik ko‘p kuch ham kerak emas, ammo ayni nima qilish kerakligini hal etish esa haqiqatan ham katta kuch talab etadi.
K. XABBARD
Har qanday olijanob ish ham avvaliga juda mushkuldek bo‘lib tuyuladi.
T. KARLEYL
Hech qachon katta qiyinchiliksiz katta ish bo‘lmaydi.
F. VOLTER
Mashaqqati bo‘lmagan, aql va irodani obdan safarbar etmagan ish yoki mashg‘ulot insonga munosib emas.
U. CHEPNING
Yaxshi ishni qiyinchilik bilan bo‘lsa ham bajarsang, qiyinchilik o‘tib ketadi, yaxshilik qoladi, zavq bilan bo‘lsa ham yomon ish qilsang, zavqi o‘tib ketadi-yu, yomoni qoladi.
M. V. LOMONOSOV
Hech qanday ishga dabdaba bilan kirishmaslik kerak: tantanavorlik ish tugaganda yarashadi.
I. GYOTE
Inshi natijasiga qarab bahola.
OVIDIY
Birinchidan, hech bir ishni sababsiz va maqsadsiz qilma. Ikkichidan, jamiyat foydasiga o‘tmaydigan hech bir ish qilma.
MARK AVRELIY
Ishni uning maqsadi boshqarib turadi, buyuk maqsadga qaratilgan ish buyuk ish deb hisoblanadi.
A. P. CHEXOV
Nima qilishingni oldindan bilsang, bu senga dadillik baxsh etib, ishing oson ko‘chadi.
D. DIDRO
Mohiyati noma’lum ish hafsalani o‘ldiradi.
J. FABR
Yaxshisi, ishga kirishishdan oldin o‘ylab olgan ma’qul, keyin baribir befoyda.
DEMOKRIT
Istagan hamma ishingizni qilolmaganingizdan keyin qo‘lingizdan keladiganining payida bo‘ling.
TERENSIY
Agar odam bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki ishga qo‘l ursa,— ulardan biri so‘zsiz amalga oshmaydi.
EZOP
Har safar qiyin ishni boshlashdan hech shoshma, ishga qarab, vaqtni qo‘yib ber, shu qiyin ishga kirishishda o‘ylamay, hovliqib qadam bosma, o‘zingni unga yaxshilab safarbar et.
I. P. PAVLOV
Aqlli kishi ba’zan shoshadi-yu, ammo shoshilib ish qilmaydi sira.
P. CHESTERFILD
Behudaga chiranma.
FIRDAVSIY
Ortiqcha shoshqaloqlik ham xuddi sustkashlik kabi yomon oqibatlarga olib keladi.
V. SHEKSPIR
Har kimsaki aylamas oshuqmoqni xayol
Yaproqni ifak qilur, chechak bargini bol.
A. NAVOIY
Shoshib qilingan ishning umri qisqa.
SA’DIY
Keyin ko‘p ish qilish uchun kuchingizni ayab sarflang, lekin kam ish qilishdan o‘zni saqlang.
J.J. RUSSO
Har bir ishda, eng muhimi, ishlagingiz kelmay qolgan paytni yenga olishingizdir.
I. P. PAVLOV
Baxt xohlagan ishingni xohlagan paytingda qilaverishing emas, balki qilayotgan ishingni hamisha xohlab turishingdadir.
L. N. TOLSTOY
Chorasiz zarurat oni kelganda dovdirab qolmasliging uchun har kuni yoki kun oralab xohlamagan ishingni qilishga ham o‘zingni majbur et.
U. JEYMS
Yaxshi ishning oxiriga yetkazilishi — uning mukofoti shu.
R.EMERSON
Ishga shoshilmay kirish, lekin uni boshlaganingdan so‘ng qo‘lingda mahkam tut.
BIAS
Har kim o‘z ishida ulug‘vor bo‘lishi kerak.
B. GRASIAN
Buyuk ishni va’da qilmay turib, buyuk ish qil.
PIFAGOR
Har qanday buyuk ish avvalambor ko‘zko‘zlanmay, kamtarlik bilan va oddiygina bir sharoitda qilinadi: dabdaba va yaltiroqlik bilan na yer,chorva boqib bo‘ladi, hatto fikr yuritib ham bo‘lmaydi. Ulug‘vor, chinakam ishlar hamisha oddiygina, kamtaronadir.
L. N. TOLSTOY
Ikkilanib turgan oningda tez harakat qil va ortiqcha bo‘lsa ham birinchi qadamni qo‘yishga urin.
L. N. TOLSTOY
Yarim yo‘lda ishni chala tashlab, bundan nima chiqarkin, deb bir chekkada og‘zini ochib turgan odam tentakdir.
F. SHILLER
Ish bormi — uni jadalroq tugatmoq kerak.
F. SHILLER
Buyuk odamlar hech narsani chala qoldirishmaydi.
X. VILAND
Ishlaringizning natijasiga boshqalar baho beradi, faqat qalbingizning toza va halol bo‘lishiga harakat qiling.
J. RESKIN
Eng zo‘r rohat boshqalar nazarida siz bajarolmaydigan ishni bajarishingizdir.
U. BEJOT
Qilgan ishlaring qariganingda eslab yurishga arziydigan bo‘lsin.
MARK AVRELIY