OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Yoshlik haqida

Hayot har bir kishiga ulkan va bebaho tuhfa in’om etadi, bu kuch-quvvatga to‘la yoshlik, bilim va kurashga chanqoqlik, ishonch va orzu-umidga to‘la o‘spirinlikdir.
N. A. OSTROVSKIY

Yoshlik — buyuk afsungar.
 A. S. PUSHKIN

Yoshlik o‘zining olijanob tashabbusi, sofdillikka, adolatga, bashariy haqiqatga behudud intilishi bilan taraqqiyotning buyuk kuchlaridan birini tashkil qiladi.
N. V. SHELGUNOV

Yoshlik, bu — orzu. Bu — ishonch. Bu — jasoratga intilish. Bu — lirika va romantika. Bu — kelajakka tuzilgan ulkan rejalar. Bu — istiqbolning boshlanishi.
N. HIKMAT

Agar yoshlik orzusi bo‘lmaganda inson hayoti bir nuqtada to‘xtab qolgan bo‘lardi, ko‘pgina ulug‘ goyalar xayolparast yoshlikning beg‘ubor nalagida nish urgan.
K. D. USHINSKIY

Yoshlik shu narsa bilan baxtiyorki, uning kelajagi bor.
N.V.GOGOL

Yoshlik inson hayotining so‘nggi yillari uchun urug‘ qadala-digan bahor pallasidir.
Ya. B. KNYAJNIN

Yoshlik paytida shunday ulug‘ fikrlar tug‘iladiki, bu fikr-lar kelajakda insonni ko‘klarga ko‘tarishi lozim.
K. GELVETSIY

Yoshlik — xuddi aqlni alg‘ov-dalg‘ov etuvchi sarmastlikka o‘xshaydi.
F. LAROSHFUKO

O, yoshlik! Yoshlik! Ehtimol, butun latofating siri hamma narsani uddalash imkoniyatiga ega ekanligingda emas, balki hamma narsani uddalayman, deb o‘ylash imkoniyatiga ega bo‘lganligingdadir.
I. S. TURGENEV

Yoshlik —- olijanob tuyg‘ularning bokira pallasi.
N. G. CHERNISHEVSKIY

Olov nayting, chaqmoq damlaring
Yodingda tut, unutma zinhor...
I. AKSAKOV

Yoshlikning o‘zi hayot poeziyasidir, har bir odam umrining boshqa pallalariga nisbatan yoshligida yaxshiroq bo‘ladi.
V. G. BELINSKIY

Ayniqsa, g‘ayritabiiy narsalarga ishtiyoq kuchli bo‘lgan yoi lik pallasida kishi jasoratga intiladi, qalbi doimo hammaga va hamma narsaga ochiq bo‘ladi.
N. V. GOGOL

Yoshlik — dovyuraklik fasli.
STENDAL

Yoshlik hamisha fidoyilikdir.
A. I. GERSYoN

Yoshlik iisoniyatning eng ajoyib, eng harakatchan otryadidir.
M. I. KALININ

Yoshlar ertangi kunning asosiy kuch-qudratidir.
A. V. LUNACHARSKIY

Yoshlarning ongida qanday kayfiyat ustunligini aytsang, men senga keyingi avlodning tabiati qanday bo‘lishini aytib beraman.
E. BERK

Yoshlik kishiga faqat bir marta beriladi, har bir odam yoshdigida boshqa yoshdagiga nisbatan barcha yuksak va porloq narsalarga yaqinroq bo‘ladi. Qarigan chog‘ida ham qalb mehri va haroratini So‘ndirmay, yoshlignni saqlab qolgan odam baxtiyordir.
V. G. BELINSKIY

Beozor yoshlik yillaridan kamolotniig vazmin yo‘llariga otlanar ekansiz — hamma narsani, insonga xos barcha harakatni o‘zingiz bilan birga ola keting, yo‘lda qoldirmang: keyin uni o‘rnidan siljita olmaysiz!
N. V. GOGOL

Muayyan maqsad, o‘zni idora qila bilish, samimiyat, mehnat-sevarlik, vaqtni qadrlash — mana shu xislatlarni egalla-shingiz lozim, yigitlar.
N. P. OGAREV

Yoshligingni asra. Dunyoda undan yaxshi palla yo‘q. Undan qimmatli narsa ham yo‘q! Yoshligingni, xuddi oltin kabi, istagan narsaga ishlatishing mumkin.
M. GORKIY

Hayot juda ajoyib, unda jozibadorlik benihoya ko‘p, lekin yoshlarni ulkan qimmatga ega bo‘lgan hamda insonni har tomonlama kamol toitiradigan narsalarga da’vat etish kerak.
M. I. KALININ

Dunyoda hech narsa kishini o‘soirinlik yillariday musaffo va olijanob qilolmaydi, kuchli ijtimoiy manfaat ularni asrab-avaylaydi.
A. I. GERTSEN

Kimda-kim yoshligida o‘zini ulug va ajoyib ishlar bilan yoki loaqal oddiy, lekin halol va foydali mehnat bilai mustahkam bog‘lamagan ekan, u yoshligi qanchalik xushchaqchaq o‘tgan va qanchalik yorqiy xotiralar qoldirgan bo‘lmasin, uni hayf ketgan, deb hisoblayverishi mumkin.
D. I. PISAREV

Yoshlik — ajoyib: uni yelga sovurish jinoyatdir.
B. SHOU

Vofoyda o‘tgan yoshlik — musibat.
OBOY QO’NONBOYEV

Insonning so‘nayotganini ko‘rishdan dahshatli manzara yo‘q.
 A. I. GERTSEN

Qulochni keng yozib yashash kerak. Bu faqat rassom va shoirlargina emas, balki har bir yosh mehnatkashga aloqador.
S.G.KONENKOV

Tugilishdanots narvozga shay bo‘lish dunyodagi eng oliy baxtdir.
ARISTOFAN

Yoshlik biror narsa to‘g‘risida mulohaza qilishdan ko‘ra ixtiro qilishga, maslahatdan ko‘ra amalga opshrishga, muayyan bir ish bilan shug‘ullanishdap ko‘ra turli-tuman xayolotlar bilan yashashga moyilroq bo‘ladi.
B. BEKON

Yoshlikdagi yanglishishlarpi kechirmoq kerak. Shunday aldamchi shu’lalar bo‘ladiki, ular yo‘lovchiga haqiqiy yo‘lni, soxta shu’lalardan holi bo‘lgan yo‘lny ko‘rsatib beradi.
R. SHUMAN

Talantsiz yigit mo‘ysafiddir.
J. RENAR

O’smirlikdagi tushkunlik — yoshlikka xos kasallik.
I. I. MECHNIKOV

Yoshlikdagi go‘rlik davrida ko‘zga tashlanadigan bilarmandlikni unchalik yoqtirmayman, zero u novdaga o‘ralib olib, uning o‘sishiga xalaqit beradigan chirmovuqqa o‘xshaydi.
R. SHERIDAN

Tushkuplikka tushgan yosh yigitning qiyofasidan ayanchli qisfa yo‘q.
M. TVEN

Odamlarda o‘ziga nisbatan qiziqish uyg‘otmasdan hayot kechirish hayfdir.
M. GORKIY

O’qishda, mehnatda, fanda, xalqqa astoydil xizmat qilishda o‘z baxtingni topasan.
N. D. ZYeLINSKIY

O’z zamonangdan yuqori yurishga harakat qil.
G. LIXTENBERG

Qo‘lingdan kelsa zamondan ilgariroq yur, agar qo‘lingdan kelmasa, zamon bilan barobar qadam tashla, ammo hech qachon zamondan orqada qolma.
V. Ya. BRYUSOV

Sustkashlik illatlar ichidagi eng jirkanchlisidir.
R. ROLLAN

Yoshlikdagi isrofgarchilik qarilikka berilgan shunday bir xirojki, uni keyin o‘ttiz yil davomida ustamasi bilan to‘lab borishga to‘g‘ri keladi.
K.KOLTON

Yoshlikdagi gunohimizni keksayganda yuvishga to‘g‘ri keladi.
ERAZM ROTTERDAMSKIY

Kimda-kim o‘n olti yoshida erkaklikka o‘tsa, oltmish yoshida yosh bolaga aylanadi.
T. FULLER

Har ikki jinsning qarilik-dagi qismati yoshligi nimaga isrof qilinganiga bog‘liq.
STENDAL

Yoshlikdagi qusurlarni qariguncha saqlab qolish kerak emas,chunki qarilikning o‘z qusurlari bo‘ladi.
I. GYOTE

Yoshmisan, keksani sen hurmat ayla,
O’zing ham qariysan, hozirdan o‘yla.
ATTOR

Keksaga ko‘mak ber — suyangan tog‘ing, Buni tushunarsan qarigan chog‘ing.
N. XISRAV

Keksalarning insoniy zaifliklariga nisbatan muruvvatli bo‘ling.
V. A. SUXOMLINSKIY

Men hashla qilishni bilmaydigan, raqiblari ham bo‘lmagan issiq-sovuqni pisand qilmaym mangulik gulchambari ketidan yelib-yugurish o‘rniga bir chetda.biqinib yashaydigan ojiz va qo‘rqoq, sustkash va odamovi ezgulikni maqtay olmayman.
J. MILTON

Olg‘a, bir zum ham tinim bilmaydigan hayot bilan birga faqat olg‘a qarab yurish kerak.
E.ZOLYA

Hayotga xushmanzara daraxtzorga kirgan betashvish maishatparast bo‘lib emas, balki hayot va sirlar to‘la muqaddas o‘rmonga kirganday ehtirom bilan qadam tashlash kerak.
V. V. VERESAYEV

Hayotga tetapoya kirib kelayotgan yoshlar tortinchoq yoki hatto uyatchanroq bo‘lishlari kerak: o‘ziga ishonch va bamaylixotirlik odatda surbetlikka olib boradi.
F. LAROSHFUKO

Keksayganda yoshlikdagi butun kuch-quvvat bezavol ishga sarf bo‘lganini his etishdan ortiq tasalli yo‘q.
A. SHOPENGAUER

Yoshlikda shunday ish qilginki, yillar o‘tib, keksalik keltirgan zararning o‘rnini qoplaydigan ish bo‘lsin. Keksalikning ozigi donolik ekanini yodda tutib, yoshlikda shunday harakat qilginki, keksalik oziqsiz qolmasin.
LEONARDO DA VINCHI

Yoshlik — donolikni o‘rganadigan palla, keksalik esa uni qo‘llaydigan paytdir.
J.J. RUSSO

Yoshlikda nimani eksang, ulg‘ayganda o‘shani o‘rasan.
G. IBSEN

Biror narsani o‘rganish, yangi odatlarni singdirish va bir-biriga zid fikrlarni toqat bilan eshitida qobiliyatiga ega bo‘lgan odam yoshligini saqlab
qoladi.    
E. EBNER-ESHENBAX

Bolalikdayoq barkamol bo‘lishni judayam zarur deb hisoblamayman, odam maktabni tugatganidan keyin ham ko‘p narsalarni o‘rganishi mumkin, ammo mashg‘ulot ko‘nikmasi va aqliy kamolotning asosi yoshlikda shakllanadi.
A. I. GERTSEN

Keksalarning ustidan kulma — bir kun o‘zing ham qartayasan.
MENANDR

Eng to‘g‘risi, keksalikning hayotiy tajribasini yoshlikning kuch-g‘ayrati bilan omixta qilishdir.
B. SHOU

Menga yosh yigitdagi keksalarga xos ba’zi bir xislatlar, mo‘ysafiddagi yoshlarga xos fazilatlar yoqadi.
SITSERON

Mayli, keksalikdagi donolik yoshlikdagi kuch-g‘ayratni yo‘lga solsin, yoshlikdagi kuch g‘ayrat esa keksalikdagi donolikka madadkor bo‘lsin.
K. S. STANISLAVSKIY

Keksalar o‘rgatish, maslahat berish huquqiga egadirlar. Ana shu ma’naviy huquqni hurmat qila bil.
V. A. SUXOMLINSKIY

Biz keksalarning donoligidan juda kam foydalanamiz.
L. VOVENARG

Yoshlik quvvati-yu, keksaning aqli — G’alaba garovi, bu xalqning naqli.
G. M. KRJIJANOVSKIY

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.