OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Bir kishining iblisdan shikoyati

Bir g‘ofil — ma’rifatsiz odam bir darvesh oldida Iblisdan o‘pkalab (shikoyat qilib) gapirdi.
Dediki: 
- Iblis meni vasvasaga solib yo‘ldan ozdiradi. nayrang va shumlik bilan mening niyatimni buzadi. 
Darvesh dedi: 
- Ey aziz o‘g‘lon, Iblis bundan oldin ham bor edi, voqean bu dunyo bino bo‘libdiki u bor. U sendan ozod edi, biroq senga o‘xsha-ganlar zulmidan dod der edi. Iblis hozir shu yerda, u deydiki: dunyo - mening mulkim, dunyoni do‘st tutgan kishi men bilan, ammo dunyoni o‘z dushmani deb bilgan kishi men bilan emas. Sen ul o‘g‘longa aytgin: mening mulkimdan qo‘l tortsin va yo‘liga ravona bo‘lsin. Agar mening dunyomga aralashmasa indamayman, lekin agar aralashsa - diniga chang solaman. Kimki mening mulkim - yerimdan tashqari chiqsa u bilan ishim yo‘q, vassalom».

"Mantiqut-tayr"dan (Fariduddin Attor).

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.