OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Har kim o‘z haddini bilishi kerak

Bir sichqon bir tuyaning no‘xtasini quchoqlab, yo‘lga tushibdi. G’ururidan ichiga sig‘mayotgan edi. O’zi o‘ziga:
— Tavba shunday sarvar ekanman u, o‘zim bexabar qolibman a? Men qanday jasur ekanmanku, bahaybat tuyaning no‘xtasidan tutib, tortib kelayapman...,  deb gapirayotgandi.
Shu vaqt oldilaridan katta bir daryo chiqti. Sichqon daryoni ko‘rishi bilan to‘xtadi. Suvga sho‘ng‘isa, albatta, cho‘kib o‘lardi. Tuya sichqonning to‘xtaganini ko‘rib, baqirdi:
— Tinchlikmi do‘stim, nega to‘xtading shu daryoga sho‘ng‘ib, qarshi tomonga o‘tamiz. Sen yo‘lboshlovchimsan, to‘xtamay, olg‘a bos.
Sichqon uyaldi. noloj bo‘ynini bukdi:
— Men bu daryodan qanday o‘taman. Ko‘rmayapsanmi suv juda chuqur.
— Qani bir ko‘raylikchi, chuqurligi qancha ekan deb daryoga sho‘ng‘idi  tuya.
Suv bor yo‘g‘i  tizzasigacha edi. Sichqonga:
— Hey, mitti qo‘rqoq  suv bor yo‘g‘i  tizzagacha. Qani bo‘laqol.
Sichqon qo‘rquvdan titrardi. Tuyaga yolvora boshladi:
— Ey buyuk ustoz tizzadan tizzaning farqi bor. Senga tizza bo‘yi, ammo mening ustimdan yuz arshin oshar.
Tuya:
— Unday bo‘lsa, bundan keyin surbetlik qilma. Sen o‘zing kabi sichqonlarga bosh bo‘l. Tuya bilan sening nima ishing bor? Qani, o‘rkachimga chiq, seni ham, sendaqalarni yuztasini ham qarshi  tomonga o‘tkazib qo‘yaman,  deb bechora sichqonni ustiga olib, daryodan o‘tishni boshladi.

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.