Buqrot hakim kasal bo‘lib yotib qoldi, ajali yetib, jon berish azobidan qiynalardi. Bir shogirdi bor edi, u ustoziga qarab dedi:
- Ey ustoz, tanangni yuvib kafanlab dafn etgandan keyin, ayt, seni qaerdan topamiz?
Buqrot dedi:
- Ey g‘ulom, Men tirikligimda uzoq umr ko‘rib, o‘zimni o‘zim topolmadim, sen meni qaerdan topasan? Men shunday yashab dunyodan o‘tayapmanki, qilcha o‘zimdan xabardor emasman. O’limga o‘limdan o‘zga davo yo‘q, har qancha zorlanma, xazon bo‘lgan barg yerga tushadi. Biz hammamiz o‘lish uchun tug‘ilgan-miz, dunyodan ko‘ngil uzolmasak ham, jonimiz bizni tark etadi. Butun dunyoni hukmronlik muhri ostida tutgan shohanshohlar bugun yer ostida yotibdi. Shohmi, xusravmi, xonmi, amirmi, barchasi lahad tuprog‘ida, arzimas tuproqqa tengdirlar. Shoh bo‘lsin, gado bo‘lsin — hammasi ketadilar.
Jon berayotgan Buqrot va uning shogirdi hikoyasi
"Mantiqut-tayr"dan (Fariduddin Attor)