OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Juho va uning otasi

Mahallada bir odam qazo qilibdi, jasadi tobutga solinib, mozorga olib ketilarkan, tobutning orqasidan bir bola ham yig‘lab, ham baqirib:
— Otajonim, sizni qaerga olib ketishyapti? Sizni tuproqqa ko‘mmoqchilar, oh otajonim, bu yer shunday qorong‘u va tor bir joyki, bu yerda na nur, na deraza, na sholcha, na bir burda non bor... Hatto, ovqat hidiyam yo‘q...
Bolaning bu hayqirishlarini shu yerda turgan Juho (arablarning Nasriddin Afandisi) eshitib, otasiga:
Otajon, qarang, marhumni bizning uyga olib ketishyapti, dedi. 
Shunda otasi Juhoga:
— Ey nodon, nega endi biznikiga olib borishadi?  deya so‘radi.
Juho javob berdi:
— Otajon  eshiting, bola nima deyapti? Marhumni shunday birjoyga olib ketishyaptiki, u erda na sholcha, na nur, na taom va na deraza... Hech narsa yo‘q. Axir bu bizning uy bo‘lmasdan qaer?

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan

 

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.