OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Kampir bilan shayton

Yuzini ajin bosgan, yoshi to‘qsonlardan oshgan bir kampir qayta erga tegish savdosiga tushdi. Oyna oldiga o‘tirib, yuzini bo‘yadi, ammo burushgan yuz bo‘yoq ushlamasdi. Ajinlarni yopish uchun Qur’oni karim sarlavhalaridagi zarhallarni olib yuziga yopishtirdi. Ammo zarhallar ham to‘kilaverdi. Ularni tupigi bilan yonoqlariga qayta yopishtirdi. Yana to‘kildi. Shunda u:   hop seni ko‘r shayton, la’nat bo‘lsin  deya ming‘irladi. Buni eshitgan shayton tezda kamggarga ko‘rinib, shunday dedi:
— Ey shum kampir... Sening bu qilig'ing umrim bo‘yi xayolimga ham kelgan emas. Qur’ondagi zarhallarni olib, yuziga yopishtirish kimning ham aqliga keldi? Nega meni ayblaysan? Sen hiyla va yovuzlikda yuz shaytonga dars berasan. Menga tuhmat qilma...

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.