No‘shirvon valiahdligi chog‘ida bir qizning ishqi bilan notavon ahvolga tushib qoldi. Ko‘ngli g‘uncha singari to‘la qon edi, lekin g‘am sirlarini pinxon tutardi. Unga visol muyassar bo‘lgunga qadar cheksiz azob-uqubat va tashvishlarni boshidan kechirdi.
Bir kun u chamanzordan xilvat joyni tanlab, gulrux yori bilan suhbat qurdi. Baxtiyor shahzoda yorini quchmoqchi bo‘lgan edi, gul’uzor ham bunga rozi bo‘ldi. Dilbar hamdami tomon u qo‘lini uzatganda, bir tup nargisga shahzodaning ko‘zi tushib qoldi. Shunda ahvoli o‘zgarib, u qo‘lini tortib oldi. Sumanbar yori hayron bo‘lib, so‘radi:
- Qo‘lingizni uzatganingiz nimasi-yu, yana tortib olganingiz nimasi? Adabli shoh bunga shunday javob berdi:
- Shunday bir visol damida menga mone’lik qilgan narsa nargisning shahlo ko‘zi bo‘ldi. Hayo ko‘zi bilan olijartoblik bu ishda unga kuch bermadi. Uning nargisdek ko‘zlari yoshga
to‘lib, o‘rnidan turdi-da, bu ishdan voz kechdi. Oxirida uning bu sof niyatliligi, shunday hayochanligining xosiyati uni butun olamga shoh qildi, adolati esa olamni panohiga oldi.
No’shiravonning hayo bog’i
No‘shirvonning hayo bog‘ida nargis ko‘zidan ko‘zining nargisi uyalib, nargis ko‘zlik gulrux yorini quchoqlashni istamay, o‘zini chetga olishni istagani
Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» dostonidan