OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Podshoh bilan asir

Podshoh asirlardan birini o‘limga buyurdi. Chorasiz qolgan asir tushkunlikka tushdi. Aqlini yo‘qotishiga sal qoldi. “Jonidan umidini uzgan ko‘ngilga nima kelsa gapiraveradi”, deydilar...  Asir ham qarab turmay, o‘z qavmi tilida podshohni haqoratlab, noma’qul so‘zlar ayta boshladi. Podshoh jahl ustida gapirayotan bu asirning nimalar deganini qiziqib so‘radi. Oqko‘ngil vazirlardan biri:
 – “G’azablarini yengib, insonlarni kechirganlar...” demoqda, podshohim, –  dedi. 
Podshohning rahmi kelib, uning bir qoshiq qonidan o‘tdi. Ammo bundan norozi bo‘lgan boshqa bir vazir:
–Biz kabi kishilarga, podshoh huzurida rost so‘zlashdan boshqasi lozim emas, – dedi.  Bu asir podshohimizni behurmat qildi; noma’qul so‘zlar aytdi.  
Podshoh ikkinchi vazirning gaplarini eshitib, yuzi tundlashdi. Vazirga o‘girilib:
–Menga, uning yolg‘oni, dedi. – Sening chin so‘zlaringdan  ko‘ra ko‘proq  yoqib turgan edi. Chunki u yolg‘on bir yaxshilik uchun edi. Holbuki bu rostgo‘ylik bir yomonlikka qurilgan. Zero, donolar: “Yaxshilik uchun ishlatilgan yolg‘on, fitna qo‘zg‘agan to‘g‘ri so‘zdan yaxshiroq”, – deydilar. 
Vazir podshohning bu so‘zlari qarshisida boshini egishdan boshqa bir yo‘l topa olmadi.  

Hikmat


Bir so‘z bilan ikki do‘stni dushmanga aylantirish mumkin. Bir so‘z bilan ikki dushmanni yarashtirish mumkin. Shunday ekan, har bir so‘zni avval o‘ylab, keyin so‘zlagan yaxshiroqdir.


"Guliston"dan
Kavsar Shodiyeva tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.