Keksa bir odam kasal bo‘lib qoldi. Qo‘ni qo‘shni zudlik bilan tabib chaqirdi. Tabib bemorning tomir urishini tekshirdi, isitmasini o‘lchadi, yurak urishini eshitdi. Birozdan so‘ng bemordan: "Nima bo‘ldi?" deb so‘radi.
Oh, so‘ramang tabib! Xotiram pasaygan.
— Aslida tashvishlanadigan hech gap yo‘q, qarilikdan, dedi tabib.
— Ko‘zim oldi qorong‘ulashadi, ba’zan ko‘rmay qolaman.
— U ham hech narsa emas, qariliqtan.
— Oh tabib, yegan taomim hazm bo‘lmayapti.
— Oshqozon kuchsizligi ham qarilikdan.
— Ba’zan nafsim hapradi.bu ham qarilikdanmi?
— Ha, bu ham qarilikdan! Inson qariganida yuz xil dardi, shikoyati bo‘ladi.
Bemorning jahli chiqti:
— Qanaka tabibsan? Boshqa gaping yo‘qmi? Senga faqat shuni o‘rgatishdimi? Alloh har bir dardga darmon bergan, shuni bilmaysanmi? Hayf senga Tabib ohista bir tarzda javob berdi:
— Ey yoshi o‘tgan, ishi bitgan inson, bu jahldorlik bilan qahr g‘azab ham qarilikdandir...
Qarilikdan
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan