OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Qo‘sh falokat

Savdogarlardan biri, tijorat ishlarida ming dinor zarar ko‘rdi. Yonida o‘g‘li ham bor edi. O’g‘liga: 
–Tinchlan... dedi. –Buni birovga ayta ko‘rma!
O’g‘li: 
–Xo‘p, ota! dedi. –Aytmayman. Ammo yashirganingizni foydasini ayting menga. 
Otasi javob berdi:
–Toki falokat ikkitaga ko‘paymasin! 
O’g‘il so‘radi: 
–Bu nima degani?
Otasi: 
–Birinchi falokat, sarmoyaning ozayishi; ikkinchi falokat qo‘shnining xursand bo‘lishi. Donolar aytganki, “Dardingni dushmanlarga aytma. Quvona- quvona chohga tortadilar”.

Hikmat


Dardingizni dushmanga aytib undan yaxshilik kutmang. Yuzingizga qarab ranjisa ham, aslida ich-ichidan sevinayotgan bo‘ladi.

"Guliston"dan
Kavsar Shodiyeva tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.