Barcha muridlar Makkadan chiqib, Rum sari yo‘lga ravona bo‘ldilar. Xato qilganlarini anglab, haqdargohiga zoru nola qilib, uzr so‘rardilar. Shu taxlit har biri qirqkecha-kunduz maqomdan bosh tortmay, duo qildilar, shafoat tiladilar. Yashil kiyim kiyib yurgan muridlar endi motam tutib, ko‘k liboslarni kiydilar. Oxirul amr, ularning duosi qabul qilindi: safo va sidq o‘qi nishonga tegdi — tong saharda bir mushk hidli xushbo‘y shabada esdi, kashfu karomat olami oshkor bo‘ldi. Avvaldan pirga sodiq bo‘lgan zakovatli murid Muhammad Mustafoni tushida ko‘rdi. Ko‘rsaki, hazrati Rasululloh sallallohu olihu va ashobihu vassallam, ikki qora zulfini yoyib, xiromon kelar va tabassum qilardi. Kimki uni ko‘rsa madhu sano yog‘dirardi unga. Mustafoni ko‘rgan murid joyidan sapchib turdi va dedi:
— Ey, Rasuli Akram, qo‘limni olgin, sensan xalqqa rahnamo - haq yo‘lini ko‘rsatuvchi nabii barhaq, Bizning shayximiz yo‘ldan ozdi, uni tuz yo‘lga boshla.
Mustafo unga dedi:
— Ey, himmati baland ummatim, bor, shayxingni banddan ozod etdim. Shayx bilan haq orasida shu paytgacha gardu g‘uborlar bor edi, qora dog‘ ko‘rinardi. Men bu g‘uborni uning yo‘lidan ko‘tardim, uni zulmat ichra doimiy qolib ketishga qo‘ymadim. Shafoat yuzidan bir shabnam ato etdimki, shayxning hayotiga ham bu fayzu safo kiritadi. Sen shunga ishonki, olam-olam gunoh bo‘lsa ham, bir tavba tufayli kechiriladi.
Payg‘ambar sallallohu alayhi vassalam bu so‘zlarni dediyu, zakovatli murid nazaridan g‘oyib bo‘ldi. Murid bu tushning ma’nosidan shunchalik xursand bo‘ldiki, o‘zidan ketib qoddi. O’ziga kelib, shunday bir na’ra torttiki, go‘yo osmonda guldirak gumbirlaganday bo‘ldi. Barcha hamrohlarini bundan xabardor etdi, ularga yaxshilik xushxabarini yetkazib, jadal yo‘lga kirdi. Hammalari shodu xurramlikdan ko‘zlarida yosh, otliq va piyoda dashtu biyobonlarni bosib, shayx manziliga yetdilar. Shayxni ko‘rdilarkim, avvalgiday cho‘chqaboqarlik qilardi, ammo beqarorlikdan qurib, qoq suyak bo‘lib qolgan edi, go‘yo bir dasta olovday yonardi. Shayx o‘zining sodiq muridini ko‘rdi, ahvoli o‘zgardi. Qalbida bir ilohiy uchqun lip etib yondi, Haq bilan rozlasha boshladi. Noqus -qo‘ng‘iroqni ham, zunnorni ham tashladi. Shayx San’on yorlari - muridlarini uzoqdan ko‘rib, go‘yo o‘zini nur ichra sezdi. Xijolat chekib, to‘nini pora-pora qildi, afsus-nadomat chekdi. Gohi oh-nola etar, gohida hasratidan tanidagi qoni muzlab qolganday bo‘lardi.
Qur’on hikmatlari, ilohiy asror va hadislar sunnati xotirasidan butunlay ko‘tarilgan edi, lekin birdan hamm&si yana yodiga tushdi, johillik va bechorshshkdan qutuldi. Xijolat va uyatdan gul kabi dil qoniga belangan edi. Do‘stlari uni bu ahvolda ko‘rib, oldiga yugurib bordilar, Tanfi Taologa ming-ming shukr qildilar. Shayxga dedilar:
— Ey, sirlarni pardasiz ko‘ruvchi zot, quyoshingni to‘sib gurgan bulut tarqaldi. Kufr ketdi, imon qaytib keldi. Rumning butparasti hakparast bo‘ldi yangidan. Mustajobu shafoat daryosi mavjlandi, sening uchun Rasulullohning o‘zi oraga kirib, shafe’ bo‘ldi. Buning shukronasini olam oxirigacha qilsang ham ado bo‘lmas, tur. shukrona qil, motamning ni.ma keragi bor? Tozalaguvchi olov qalbinggga kirdi, endi keraksiz narsalarning hammasini o‘tga tashlab kuydir!
Qissani shu yerda tugataman, chunki yana ulug‘ yo‘l azimati boshlandi, Shayx San’on tahorat olib poklandi, namoz qildi va hirqasini egniga kiydi. So‘ngra Makkaga qarab safarga otlandi, ulug‘ hashamatli karvon Ka’ba sari borardi.
Shayx San’on muridlarining Rumga qaytib kelganlari
"Mantiqut-tayr"dan (Fariduddin Attor)