Yer yuzidagi butun jonzotlarga hukmronlik qilgan Hazrati Sulaymonning Yamandagi saroyiga, tushga yaqin bir odam hovliqib keldi. Soqchilarga shaxsiy masala yuzasidan Hazrat Sulaymonni ko‘rishi lozimligini aytib darhol ichkariga kirdi. Sulaymon qo‘rquvdan titrab, rangi oqarib ketgan odamdan so‘radi:
-Tinchlikmi nima gap? Nega bunchalik vahimaga tushding?
Nima darding bo‘lsa, ayt menga...
Odam hovliqib:
-Bugun saharlab Azroilni ko‘rdim. Menga qo‘rqinchli bir qarash qildi-da, keyin uzoqlashdi. Tushundimki, u mening jonimni olishga qaror qilgan...
-Tushunarli. Nima qilishimni istaysan?
Odam yolvordi:
-Ey, jonlarning qo‘riqchisi, mazlumlarni himoya qiluvchi Sulaymon... Sen hamma narsaga muqtadirsan. Qush, bo‘ri, tog‘, tosh, sening amringda. Shamolga buyur. Meni bu yerdan Hindistonga olib ketsin... Shunda Azroil meni topa olmaydi. Men esa jonimni saqlab qolgan bo‘laman. Madad sendan...
Sulaymon, odamning holiga achindi. Shamolni chaqirdi: “Bu odamni darhol olib Hindistonga eltib qo‘y...” amrini berdi...
Shamol zudlik bilan odamni olib Hindistondagi uzoq bir orolga etib tashladi. Ertasi kuni Hazrati Sulaymon majlis qilib, hamma kelganlar bilan tanishib chiqdi. Bir payt Azroilning ham yig‘inda o‘tirganiga ko‘zi tushdi. Uni yoniga chaqirib:
-Ey Azroil... Kecha u odamga nega darg‘azab qarading? Jonini olsang olarding, nega uni buncha qo‘rqitding? – dedi.
Azroil javob berdi:
-Ey, dunyoning ulug‘ sultoni.. Men u odamga g‘azab bilan, qahr bilan qaramadim, hayrat bilan boqdim. U yanglish buyurdi degan vahm qamradi. Uni bu yerda ko‘rib shoshirdim. Chunki Tangri menga buyurgan ediki: “Borgin, bu oqshom u odamning jonini Hindistonda ol” degandi... Uni ko‘rib, bu odamning yuz qanoti bo‘lsa ham, bu oqshom Hindistonda bo‘la olmaydi, bu qanday bo‘ldi deb hayratga tushdim... Unga bunday qarashimning sababi shu edi. Haqiqiy hayrat shuki, kecha oqshom men u odamni Hindistonning falon orolida jonini oldim!
Mavlono so‘raydi:
-Kimdan qochamiz, o‘zimizdanmi? Bu xomxayol... Kimdan qochib qutulamiz... Tangridanmi? Qanday gunoh... Dunyo Tangridan g‘ofil bo‘lmoqda... Dunyo, pul, ayol, kiyim-kechak – tijorat emasdir. Buni bilib ol...
Hikoyada ilohiy taqdirning ya’ni taqdir yozig‘idan qochmoq, odatda insonning o‘zidan o‘zi qochmog‘i kabi o‘lchalanadiki, bu mumkin emas. U holda oldimizdagi imkoniyatlarni qo‘llab hayotimizni insonlarga xos go‘zallashtirib yashamoq aqlga sig‘adigan ishdir. Ha, qadarimiz Alloh tomonidan belgilab qo‘yilgan, ammo biz uni bilolmaymiz. Bu orada bizga aql va iroda kuchi berilgan. Qismatimizni qanday bo‘lishini bilmaganimiz uchun ham aql va irodani hayotga tatbiq etish burchimizdir. Barchasi aql va dinning go‘zal hurmatidan yuzaga keladi. Harakatlar nihoyasida bukilamiz.
Qo‘limizdan kelgan moddiy-ma’naviy har ishni qilishdan, har tadbirga qo‘l urgandan so‘ng, natija biz o‘ylagandek chiqmasa, shu payt: “Qancha urinmay, taqdirim shu ekan” deymiz. Bunday harakat isyon va shikoyat etishdan ko‘ra yaxshiroqdir. Aks holda insonning ruhiyati buziladi, huzursiz, g‘ayri mamnun, shikoyatchi bir tur bo‘lib chiqadi.
Taqdirga ishonmoq – tanballik va faolsizlik degani emas. Aksincha, omadsizliklar va falokatlar qarshisida yashirinadigan bir bandargohdir.
Vahimaga tushish hayotdan bezishning oldini oladigan bir tuyg‘udir.
Tavakkul tushunchasi ham shundaydir. Tavakkul Allohga topshirmoq, ishonmoq demakdir. Faqat bu e’tiqod tanballikni, beparvolik va ishni o‘z holiga tashlab qo‘yishni ma’qullamaydi. Haqiqiy tavakkul – kishi boshiga tushgan har qanday ishni qilganidan so‘ng, natijasini Allohdan kutishdir. Oxirgi to‘g‘ri so‘z Allohnikidir. Men biror ishni qilganimdan so‘ng, Allohga ishonib topshirishimning ne foydasi bor, degan savol xotirga kelishi mumkin. Bunday tushunish xatodir. Masala, kasallangan kimsaga tushgan o‘sha doktorga ishonib topshirmoq, hatto eng yaxshi hakam deb topmoq, berilgan choralarni qo‘llab, qilingan tavsiyalarni diqqatla amalga oshirmoqdir. Tavakkulning bu yerdagi o‘rni shundaydir:
Hamma choralarni qo‘llagandan so‘ng sog‘ayishni Allohdan kutmoq, Unga ishonmoqdir. Zero, ishonchimizga ko‘ra shifoning asl manbasi Allohdir. Bunday bo‘lmasa eng yaxshi hakimlarga va eng sifatli tibbiy vositalariga topshirilgan holda, tuzalmagan xastaliklar uchun ne deysiz?
Ha, davolagan Alloh bo‘lgani holda U buning so‘nggi haqiqatini hakim kabi, darmon singari sabablarga bog‘lab qo‘ygandir. Sabablarning keragini eng yaxshi suratda joyiga olib kelmoq bizning qullik vazifamizdir.
Aslida har bir natija, o‘zini maydonga keltirgan sabablardan yana ko‘p narsalarni o‘z ichiga qamrab oladi, ya’ni uning haqqi xizmatidan ko‘p bo‘ladi. Mavlono so‘raydi: “Bir ruku, bir sajda oxiratda bir jannatga erishtiryapti.” O’qimadingizmi ushbu Qur’on oyatini: (Baqara 2/261.)
Qazo qadar tushunchasi to‘g‘rirog‘i keng va yorqin zo‘r bir masaladir. Mavlono “Masnaviy”sida bu bahsga tamoman bog‘laydi. Bunda ikki xil insonning holatiga juda achinganini ko‘ramiz: o‘ta haddan tashqari qismatga tan beradigan yoki fatalist xildir. Bu bechora hamma narsani Allohdan deb biladi, birga yetti yuz tuxumni ekishdan o‘zini olib qochadi, nasibasizligini fe’liga yuklaydi.
Ikkinchisi esa, qadarni tamoman inkor etgan, materiyalistdirki, bu yo‘lda sabablarning domiga tushadi va sababni yaratganni yo‘q sanaydi. Hazrat Mavlono bilhissa xato qadar va tavakkul aqliga tayanadi:
Agar Allohga mutavakkil esang, harakating bilan tavakkal qil. Tuxumni ek-da, so‘ngra har ishga qodir Allohga suyan. Hazrat payg‘ambar (s.a.v.) badaviyga ne dedi: “Avval tevani bog‘la so‘ngra tavakkul qil”. (Tirmiziy, sifatul-qiyome, 60). To‘g‘ri, layoqatsizligimiz ham bordir,oqsoqligimiz ham. Ammo layoqatsizlik va oqsoqlikdan qutulmoq, o‘tirib qolish bilan emas, yurishlik bilan bo‘lur. Bilingki, yaxshilik ham, yomonlik ham sendan, o‘zingdan paydo bo‘lmoqdadir. Go‘zal va chirkin butun tushunchalar sendan, o‘zingdan tug‘iladi.
Alloh menga nechun orzu, nechun dushman berdi deya nolima. Jang uchun dushmanning bo‘lishi shartdir. Bir ishga mayling, xohishing bo‘lmas ekan, uni bajarmoqqa zotan sabring yetmaydi. Orzu va istaklar bo‘lmasaydi, ularni inkor etishga, man etmoqqa ne hojat bor edi?
Hazrat Mavlono, sabab-oqibat zanjiriga bog‘liq hayotiy, jiddiy o‘ynaladigan bir shatranj o‘yiniga o‘xshatar va bunday der: Ey o‘g‘il, shatranjda har bir tosh surilishning natijasini undan keyin ko‘r. Sababi-da sabab ichinda (halqai zanjirda) idrok et. Ko‘zingni atrofdan o‘gir-da, mot qilib, o‘yinni yutganingga qadar ne o‘yinlar o‘ynashingni hammasini ko‘r. Lof bo‘lsin deya Allohga tavakkul qildim dema.
Shatranj misolini bir oz tushuntiray: Bilganingdek bu o‘yin ma’lum qoidalarga ko‘ra o‘ynaladi. Bu qoidalarni o‘zgartirish o‘yinchining qo‘lida emas. Ammo u har tosh uchun mavjud bir qancha usullarni qo‘llash imkoniyatiga egadir. Ya’ni o‘yinchi qarorni belgilangan qoidalar doirasida qabul qilish holatidadir. Bu esa uning bir tomondan cheklab qo‘yilgan, ikkinchi tomondan esa erkin ekanligini ko‘rsatadi.
Insonning ma’naviy va axloqiy takallumi o‘zining g‘ayrati va Allohning lutfi ila bo‘ladi. Almashtirib bo‘ladiganimiz soha ichida faoliyat yuritmoq, almashtirib bo‘lmaydigan ramziga undash mazmuniga kelmaydi. Qancha urunma, qazo va qadarga qarshi chiqib bo‘lmaydi.
Mavlonoga ko‘ra insonga tushgan olamdagi ming bir yomonlik qarshisida bo‘ysunmoq, taqdirim buyurgan ekan deyishlik emas, yomonliklarga qarshi chiqmoqlikdir. Gul tikansiz bo‘lmaydi. Jannatning atrofi mashaqqat ila qurshab olingandir.