OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Tilshunos va qayiqchi

Bir kun mag‘rur tilshunos sohilda turgan qayiqqa minib narigi qirgoqka o‘tmoqchi bo‘ldi. Sohilda yo‘lovchi kutib turgan qayiqchilardan biriga yuzlandi. Qayiq yaqinlashdi. Olim qayiqqa o‘tirdi. Dengizni tomosha qilib ketayotgan olim qayiqchidan so‘radi:
— Sen hech nahv (grammatika) o‘qiganmisan?
Yo‘q men johil bir qayiqchiman.
Olim:
— E voh, juda xafa bo‘ldim. Demak yarim umring behuda o‘tibdi,  deya achinib qayiqchiga qaradi.
Shuvaqt dovul turdi.Keyin dengazning o‘rtasida chayqala boshladi, qayiqchi butun kuchi bilan xavfdan qutulish uchun harakat qildi. Bo‘ron borgan sayin kuchayar, qayiq esa cho‘kish arafasida edi. Shu vaqt qo‘rquvdan dir-dir titrayotgan olimdan qayiqchi so‘radi:
— Ey, har narsani bilgan olim do‘stim. Suzishni bilasanmi?
Yo‘q javobini olgan qayiqchi:
— Voh, voh, sen umringni behuda sarflabsan. Hozir butun umring ketdi. Chunki birozdan keyin qayig‘im cho‘kadi. Yaxshi bilginki, bu yerda hozir nahv (grammatika) emas, mahv ilmi lozim. Agar mahv ilmini bilsang, qo‘rqmasdan dengizga sakra  dedi.

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.