OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Vahima falokat keltirar

Maktab talabalari ustozlaridan bezor bo‘lishibdi, ko‘p o‘qish, yozish, uy vazifalari ularni juda charchatibdi. Ko‘chada o‘ynashni istashibdi. Bir chorasini o‘ylashibdi. Nima qilib bo‘lsa ham, ma’lum vaqt ustozni maktabdan uzoqlashtirishga qaror qilishibdi. Oralaridagi eng kichkina, ammo juda ziyrak bir o‘quvchi, shunday dedi:
— O’rtoqlar, o‘qituvchimizning hech qaeri kasal emas.Qani endi bir necha hafta xastalansayu, biz ham dam olsak. Qanday bo‘shash uchun   harakat qishsh kerak.Do‘stlari unga;
— Qanday qilib soppa sog‘ odam kasal bo‘lishi mumkin? dedilar. Haligi bola: 
— Bo‘ladi,   dedi. Men bir hiyla o‘yladim. Ertaga dars boshlangandan so‘ng sinfga birinchi kirgan bola ustozimizga: "Ustoz, tinchlikmi! Yuzingiz ancha so‘lg‘in, sarg‘ayibdi, beholmisiz? Allohshifo bersin", deb xasta bo‘lganini aytadi. Ustoz, bu gaplardan vahimaga tushadi.
Talabalar o‘zaro maslahat qilishdi va ertasi kun ertalabdan sinfga ilk kirgan o‘quvchi:
— Tinchlikmi ustoz  Alloh shifo bersin. Yuzingiz sap-sariq.Mazangz yo‘qmi? dedi.
Ustoz:
— Valdirama, kasal emasman, bor joyingga o‘tir, deb qo‘rslik bilan javob berdi.
Sinfga kirgan ikki uch o‘quvchi ham ustoziga:
— Alloh shifo bersin,  deb yuzining sarg‘ayib ketganini aytdi. 
Ustozni vahima bosdi. O’z-o‘ziga: "Xotinimning aqli joyida emas, yuzimning so‘lganligini, vujudimning titraganiny qaerdan ham bilsin. Uning dardi mei emas. O’ziga oro berishdan boshqa narsani o‘ylamaydi", deb gapirdi.
Bu orada o‘quvchilar go‘yo darsni takrorlagan bo‘lib, shovqin suron ko‘tara boshlashdi. Ustoz vahima ichida shovqin surondan boshi og‘rib uyiga ketdi. Eshikni ochgan xotiniga:
— Ey sen xotin, ko‘rmisan, holimga bir qara  yuzimning so‘lg‘inligini hamma ko‘rdi, nega sen ko‘rmading, begonalar mening dardim bilan qiziqishadi, sen men bilan bir uyda yashab nahotki  isitmam chiqqanini bilmading. Men kasalman, tez yotog‘imni tayyorla,  dedi.
Xotini uni
— Ey xo‘jayin, sizda xastalik alomati yo‘q, xohlasangiz oyna keltiraman, sizda shunchaki bir vahima bor, dedi. Unga javoban eri:
— Vujudim dir-dir titrayotganini ko‘rmayapsanmi, menga boshimning og‘rig‘i yetadi. Bor, yotog‘imni tayyorla, dedi.
Xotini noiloj o‘rin joy' tayyorladi. Eri oh uf qilib, o‘zini to‘shakka otdi. Boshini bog‘lab ustma  ust ko‘rpa yopdi.
O’quvchilar sevinib uy uylariga tarqaldilar. Onalari bolalarining bunday vaqtli qaytganlaridan hayron bo‘ddi. Bolalar: "Ustozimiz kasal bo‘lib qoldilar, bizga ham ta’til bo‘ldi",  dedilar. Bu payt ustozning uyiga yaqinlari, qo‘ni qo‘shnilar kelishar, ustoz qavat qavat ko‘rpa tagida terga botib yotardi.
— Sog‘ayib keting ustoz, qanday qilib kasal bo‘lib qoddingiz, hech xabarimiz yo‘q, deganlarga:
— O’zim ham bexabar edim, baraka topgur bolalar aytishdi. Shunday og‘ir xastaligimni sezmay qolibman, deb javob berardi.
Ha, ustoz o‘zining kasalligiga batamom ishongan edi.

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.