U kishini Hirot ahli, Hirot ahligina emas, balki butun koinot uni qibla (Ka’ba) deb hisoblardi. U imoni komillarning yo‘l boshlovchi xulq-atvorlisi bo‘lib, lining ismi Abdullohi Ansoriy edi. U: «Mening ishim toat qilish va Tangrining buyruqlariga bo‘ysunishdan iborat! - der edi. - Mening maqsadim (odamlarni) do‘zax o‘ti bilan qo‘rqitish ham emas, (toatlar) evaziga jannat va’da qilish ham. Kimki qo‘rqqani uchun Xudoga ibodat qilar ekan, u nafsi tilagan narsadan xalos bo‘lish yo‘lini qidirib ish tutgan bo‘ladi. Kimki umid bilan bechorahol yashar ekan, uning tilagi jannatda osudalikka erishishdir.
(Unda) uni ham, muni ham haqiqatdan uzoq, deb bil. Ikkalasiga pul topish uchun mardikorlik qilish, deb qara. Mening ishim doim sig‘inishdan iborat bo‘ldi. Men qo‘rqish va umidvorlik - ikkalasini o‘zim uchun harom deb bilar edim. Bandalik amrlarini bajarish bilan (ahvolimni) yaxshi deb bilib, tunu kun ishlarim shunday ekan, buning uchun men uzrliman.
Toat-ibodatim buning uchun loyiq darajada bo‘lmasligi mumkin, lekin bir soatim busiz ham bo‘lmasin!
(Alloh) qil dedimi, mening odatim qilishdan iboratdir. Buni u qabul qiladimi yoki rad etadimi, bu bilan ishim yo‘q. Jannat zohidga, do‘zax yengiltaklarga bo‘laqolsin! Yor orzusi bo‘lsa, Navoiyga shuning o‘zi yetarlidir.
Xoja Abdulloh Ansoriy so’zi
Allohning yaqini Xoja Abdullohi Ansoriy so‘zi shundaykim, egasi tariqatning oxiridan xabar berdimi, u o‘z tariqati tugaganidan xabar bergan bo‘ladi
Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» dostonidan