OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Yaxshi va yomon

Luqmonning xojasi jonliq qurbonlik qilib, so‘yilgan qo‘yning eng yaxshi a’zosini pishirib kelishni buyuribdi. Luqmon qo‘y yuragi va tilidan taom tayyorlab kelibdi. Ertasiga xojasi unga endi qo‘yning eng yomon a’zolarini pishirib kelishni aytibdi. Luqmon bu gal ham uning oldiga pishirilgan yurak va tilni qo‘yibdi.
— Aytganim yodingdan ko‘tarilganga o‘xshaydi,  — achchig‘i chiqibdi xojasining. — Nega menga yana qo‘yning kechagi a’zolarini pishirib kelding?
— Yo‘q, nima buyruq qilganingiz yaxshi esimda, — javob qilibdi Luqmon. — Yurak bema’ni fe’l-atvorga izn bermasa, nojo‘ya so‘z tilga olinmasa, ulardan yaxshi a’zoni topa olmaysiz. Agar buning teskarisi bo‘lsa bulardan-da yomon a’zo yo‘q..

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.