Ingliz yozuvchisi. Detektiv janr ustasi. 85 roman, 20 pyesa va ko‘plab hikoyalar muallifi.
Kristi eng yaxshi asarlarida («Puaro tergov qiladi», 1924; «Kaminlar siri», 1925; «Rojer Ekroydning qatl etilishi», 1926; «N yoki M?» 1941; «Qopqon», 1954; «Ayblov guvohi», 1954 va b.) jinoyat nafaqat dalillar asosida, balki qahramonlarning, chunonchi, belgiyalik izquvar Erkyul Puaroning botiniy tuyg‘usi va sezgirligi tufayli ochiladi.
Kristi asarlarining katta muvaffaqiyati syujetning qiziqarliligi, yechimning kutilmaganligi, personajlarning yorqinligi bilan izohlanadi. Asarlari 103 tilga tarjima qilingan.