Alberto Moravia adabiy taxallusi bilan zamonaviy italyan adabiyotida nom qozongan yozuvchi Alberto Pinkerle 1907 yilning 28 noyabrida Rimda tavallud topdi. Uning 1929 yil yozgan “Ishtiyoqsiz” asari oradan bir necha yil o‘tib adibga shuhrat keltirdi.
Moravia asarlarida zamonaviy shahar – sevimli joylar tasviri beqaror tabiatli, hayotini instinktlar: shahvoniy nafs, ochko‘zlik, izzattalablik boshqaradigan shaharliklar tipidagi personajlar yordamida tasvirlanadi.
Moravia ijodining xarakterli jihati, muxbirlikka xos sodda uslub va mahzun kinoyadadir. Bu yo‘lda adib hayotning turli jabhalariga, personajlarning ruhiyatida, kayfiyatida yuz berayotgan turlanishlarga yondashuvini muttasil o‘zgartirib turadi.
Uning asarlari jahonning ko‘plab tillariga tarjima qilingan.
O’zbek kitobxonlari orasida esa “Rimlik ayol” (1947) va “Nafrat” (1954) romanlari mashhur.
Moravianing hikoyalari ham roman va qissalaridan kam ahamiyatga ega emas. Uning “Rim hikoyalari” (1954) va “Yangi Rim hikoyalari” (1959) to‘plamida Rim hayoti ixcham tasvirlarda o‘z ifodasini topgan.