Korrado Alvaro (15.4.1895, San-Luka, ‒ 11.6.1956, Rim) – italyan yozuvchisi va stsenaristi.
1-jahon urushi qatnashchisi Alvaro Korradoning birinchi kitobi - «Xaki she’riyati» she’riy to‘plamidir (1917). Alvaroning eng yaxshi asari ‒ « Aspromontdagi odamlar» qissasi (1930) bo‘lib, asarda Kalabriyadagi dehqonlarning fashizm yillaridagi hayoti tasvirlangan. «Qisqa yoshlik» (1946) romani ruhiyat manzaralaridan iborat. «Deyarli butun umr» kitobi (1954) yozuvchining 1927‒47 yillardagi kundaliklari asosida yozilgan.