Anna Zegers (nem. Anna Seghers, haqiqiy ismi Netti Radvani (Netty Radvanyi), 19 noyabr 1900, Maynts — 3 iyun 1983, Berlin) — nemis yozuvchisi. Kyoln va Geydelberg universitetlarida ta’lim olgan.
1933 yili Zegers oz muddat gestapo tomonidan hibsda ushlangan, kitoblari taqiqlangan. Shundan so‘ng u Frantsiyaga ketadi. 1940 yili gitlerchilar qo‘shini Frantsiyani bosib olgach, Anna Zegers Parijdan Marselga qochadi. 1941 yili u Mexikoga ketadi va u yerda antifashistik «Genrix Geyne klubi»ni va «Ozod Germaniya» jurnalini tashkil etadi. Urushdan so‘ng u Berlinga qaytadi.
Zegers Butundunyo Tinchlik sho‘rosi a’zosi, Germaniya yozuvchilar uyushmasi raisi (1958—1978); Nemis san’at akademiyasi a’zosi bo‘lgan.
Uning eng mashhur asarlari: «Uning boshi uchun to‘lov» (1933), «Yettinchi xoch» (1942), «Tranzit vizasi» (1944), «O‘lik qizlar sayri» (1946), «Barhayot o‘liklar» (1949), «Gaitidagi to‘y» (1949), «Karib lavhalari» (1962), «Gaitilik uch ayol» (1980).