XX asr boshidagi mashhur yapon yozuvchilaridan biri Dadzay Osamu (asl ismi Syudzi Susima) 1909 yili Yaponiyaning Aomori prefekturasida tug‘ilgan. Uning "Xotiralar" (1933), "Masxarabozlar gullari" (1935), "XX asr bayroqdori" (1937), "O‘quvchi qiz" (1939), "Ayollar dueli" (1940), "Yangi Gamlet" (1941), "Sugaru" (1944), "Pandora qutisi" (1945), "Ertaklar" (1945), "Viyonning xotini" (1947), "Olchalar" (1948), "Alvido" (1948) kitoblari muallifi.