Bolalar yozuvchisi Edith Shrayber-Vike (Edith Schreiber-Wicke) 1943 yili Avstriyada tug‘ilgan. “Anton bu yerda bo‘lmagan kun”, “G‘oyat xursandman, mening ismim Mulp”, “Mushuklar karnavali” nomli kitoblari nashr qilingan.
Uning “Mushuklar karnavali”, «Anton bo‘rini uchratgan kecha» asarlari o‘zbek tilga tarjima qilingan (Odiljon Safarov o‘girgan).
Edith Shrayber-Vike xonim adabiyot sohasidagi muvaffaqiyatlari uchun Yanusts-Korstsak medali hamda Avstriya bolalar kitobi mukofoti bilan, shuningdek ikki marta Vena shahri mukofoti bilan taqdirlangan.