Eva-Lis Vorio Finlandiyaning qadimiy shahri Viipurida 1918 yili tug‘ilgan. Kanadaga ko‘chib, o‘sha yerda yashagan va ta’lim olgan.
Eva-Lis Vorio Torontoda yashab, o‘sha yerdagi gazetalarda muxbir, jurnallarda muharrir lavozimlarida ishlagan.
Eva-Lis Vorio bir paytning o‘zida bolalar va o‘smirlar uchun yozadi.
Uning «Vikinglarga qaytish» (1955), «Kanada egizaklari» (1956), «Baliqlar va daraxtlar oroli» (1962), «Portugal savatchali ayol» (1963), «Qo‘rqinch faktori» (1965), «Oktyabr xazinasi» (1966), «Yo‘qotilgan sayohat» (1967), «Kali va oltin ko‘zgu» (1967), «Alisani asrang» (1968), «Kuylovchi kanoe» (1969) kabi kitobari mashhur.